O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Otinoyilarga guvohnomalar topshirildi

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4436 sonli qarori ijrosi yuzasidan otinoyilarning kasbiy mahoratini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda otinoyilik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun maxsus litsenziya bilan ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda joriy yilning 17-20 iyun' kunlari viloyatimizda faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun attestatsiya (imtihon) sinovlari o‘tkazildi.

Bugun ushbu imtihon jarayonlari o‘z nihoyasiga yetganligi munosabat bilan vakillik binosida viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimalari M.Abdullayeva va F.Abduraximova, O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimlari J.Xatamov va S.Arziqulov, Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari D.Mamadqulov, joylardagi shahar-tuman bosh imom-xatiblari hamda bosh otinoyilar ishtirokida attestatsiya (imtihon)dan muvaffaqiyatli o‘tgan otinoyilarga guvohnoma topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ochib berdilar. Shundan so‘ng, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bo‘lim boshlig‘i F.Abduraximova so‘zga chiqib, xalq orasida otinoyilarning oilalar totuvligi, diniy ekstremizm va aqidaparastlik  g‘oyalarini Islom diniga zid ekanligi borasida tushuncha va targ‘ibot ishlarini amalga oshirishdagi o‘rni naqadar katta ahamiyatga  ega ekanligini ta'kidlab, ularni ushbu imtihon sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganliklari uchun muborakbod etdilar. Tadbir so‘ngida otinoyilarga navbatdagi guvohnomalarni topshirish marosimi amalga oshirildi.

Alloh taolo otinoyilarimizga xalqimizning ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashlarini boyitish yo‘lida sarf etayotgan beminnat mehnat, xizmat  va vaqtlarining ajru mukofotini ziyoda qilsin.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 20/06/2020 19:02;   Ko‘rilganligi: 1153
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/otinoyilarga-guvohnomalar-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 01:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing