O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv seminari tashkil qilindi!

 
 

Respublikamizda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomtashtirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”ning 12-bandini ijrosi yuzasidan bugun, 16 mart kuni Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv seminari tashkil qilindi.

Seminarga Samarqand shahar “Damariq” jome masjidi imom-xatibi Nursultonxon domla Abdumannonov, viloyat bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, viloyat bosh otinoyisi N.Temirova, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filiali kafedra mudiri, Dotsent Husan Jo‘raqulov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Samarqand viloyatidagi mutaxassisi Najmiddinova Sarvinoz va viloyat “Ayollar targ‘ibot guruhi” rahbari Sanoat Zohidovalar belgilangan mavzularda o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
O‘quv seminari davomida otinoyilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javob berdilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/03/2022 08:38;   Ko‘rilganligi: 462
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/otinoyilar-uchun-bir-kunlik-oquv-seminari-tashkil-qilindi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 08:50
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing