O‘quvchi va ularning ota-onalari bilan tadbir o‘tkazildi
2019 yil 10 sentyabr kuni Kattaqo‘rg‘on shahar Iqtisod kollejida o‘quvchi va ularning ota-onalari bilan “Ota-onaning farzand oldidagi burchi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Nuroniy” jamg‘armasi Kattaqo‘rg‘on shahar kengashlari a'zolari, uchastka noziri hamda Kattaqo‘rg‘on shahar “Qoriravot” jome masjidi Ro‘ziyev Saydillo ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqan S.Ro‘ziyev “Islom dinida ota-ona huquqlari bilan bir qatorda bola huquqlarini himoya qilishga ham katta e'tibor beriladi. “Jannat onalar oyog‘i ostida”, “Onangga, onangga, onangga, so‘ngra otangga yaxshilik qil” ma'nosidagi hadislardan farzandlarni sog‘lom tarbiyalashda xalqimiz keng foydalanadi. Ota-onaning farzand oldidagi huquqlari go‘zal urf-odatlarimiz misolida avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Ota-onalar farzandlar oldidagi o‘z vazifalarini yaxshi amalga oshirgan taqdirdagina bola huquqlari ta'minlangan hisoblanadi, farzandlar ota-onalari oldidagi vazifalarini bilganlaridagina ota-onalarning huquqlari poymol bo‘lmaydi. Tarozining har ikki pallasi muvozanatda ushlab turilgan taqdirdagina ruhan va jismonan sog‘lom farzand tarbiya qilinadi” deb aytib o‘tdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 12/09/2019 15:54; Ko‘rilganligi: 1491
Chop etilgan vaqti: 04/12/2024 15:10