O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Oqdaryo tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi

 
 

Bugun, 2022 yil 11 oktyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Oqdaryo tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 12 ta masjid imom-xatiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 12 ta masjid va tumandagi barcha 35 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor, Mehr operatsiyasi doirasida yurtimizga qaytarilgan va shu kabi toifaagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Oqdaryo tumanidagi 12 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

Ushbu tadbir davomida umumiy o‘rganilgan xonadonlar va o‘tkazilgan uchrashuvlar soni quyidagini tashkil qildi:

  • Imom-xatiblar tashrif buyurgan mahallalar soni: 35 ta. Shundan 12 tasida muammolar borligi aniqlandi va barchasi ijroga yo‘naltirildi;
  • Kam ta'minlangan oilalarga tashrif: 101 ta. Barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi hamda boshqa yo‘nalishdagi muammolari hamkor tashkilot masullari bilan birgalikda ijroga yo‘naltirildi.
  • Nogironligi bor va kasalmand 10 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. Shundan barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Notinch oilalarga tashrif: 4 ta. Shundan 3 ta oiladagi kelishmovchiliklar isloh qilindi. 1 nafari o‘tkazilgan tushuntirishlardan o‘zlariga tegishli xulosalar chiqardi;
  • Ichkilikka ruju qo‘ygan 2 nafar fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi. Tushuntirish ishlari davomida ushbu fuqarolar qilayotgan ishlarining oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetganligini aytib o‘tdi;
  • Qo‘shnisi bilan nizolashgan 1 ta oilaning o‘rtasi isloh qilindi;
  • Uyushmagan yoshlar bilan 29 ta MFYda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 100 nafarga yaqin uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta'minlandi.
  • Tumandagi 12 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga dolzarb mavzularda ma'ruza qilindi. Unda 2000 nafarga yaqin ortiq namozxonlar ishtirok etishdi.
  • Yuqorida aytib o‘tilgan xonadonlarga ko‘rsatilgan jami moddiy yordam miqdori: 12 mln so‘mni tashkil qildi.
  • Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Oqdaryo tumanidagi “Loyish” jome masjidida tumanda rasmiy faoliyat olib borayotgan mahalla mullolari va otinoyilar bilan faoliyatlarini yanada jadallashtirish, aholi orasida keng tarqalayotgan bid'at xurofotlarni to‘xtatishda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar, aholi bilan yaqindan ishlash va shu kabi masalalar yuzasidan davra suhbati o‘tkazdi. Shundan so‘ng, mazkur masjidda jamoatga Peshin namozini o‘qib berdilar va namozdan so‘ng jamoatga “Payg‘ambarimiz siyratlarini bilamizmi?” mavzusida mazmunli ma'ruza qilib berdilar.
  • Mazkur tadbirlardan so‘ng, ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda Oqdaryo tumanidagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilinib, ijroga yo‘naltirildi. Mazkur yig‘ilishga Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyatidagi bosh mutaxassisi S.Boymuradov va viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamda o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurovlar bevosita bosh bo‘ldilar. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholi bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

O‘MI Samarqand iloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 11/10/2022 19:07;   Ko‘rilganligi: 774
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/oqdaryo-tumanida-aholi-bilan-muloqotlar-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 11:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing