O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Mustahkam oila mas'uliyati

 
 

Alloh taolo insonlarni oila qurishga chaqiradi. Oila Yaratganning roziligini topish, Payg‘ambarimiz alayhissalom axloqlari, islomiy odob bilan ziynatlanish va pok yo‘l bilan insoniyat naslini davom ettirish maqsadida quriladi. Shuning uchun dinimiz oilani nikoh asosida qurishga alohida e'tibor beradi.

   

Kattaqo‘rg‘on tumani  FHDYO bo‘limida tashkil qilingan “Yosh oila quruvchilar” maktabi tinglovchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Kattaqo‘rg‘on tuman bosh imom xatibi Xayrulloh Shomurodov Islomda balog‘atga yetgan va har taraflama qodir bo‘lgan erkak va ayol nikohlanishga, shu yo‘l bilan farzand ko‘paytirish, jamiyatga manfaat keltirishga buyurilgani, bunday hukmlar Qur'on karim va Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadislarida qayd etilgani hamda baxtli va saodatli kelajak garovi bo‘lgan mustahkam oila, sog‘lom ona va bola mas'uliyati, oilada er va xotinning majburiyatlari haqida gapirib o‘tdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 16/10/2019 15:19;   Ko‘rilganligi: 1656
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/mustahkam-oila-masuliyati
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 10:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing