O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Mirsaid Baraka mahallasida tadbir bo‘lib o‘tdi

 
 

Ne'matlarning davomiy bo‘lishi esa o‘sha ne'matlarga shukr qilish bilan bo‘lishi muqaddas diniy manbalarimizda qayd etilgan. Bugungi kunda dunyodagi ma'rifatli xalqlar yurt tinchligi - taraqqiyotining asosiy sharti, garovi ekanligini yaxshi anglab yetmoqdalar. Shuning uchun ham  yer yuzida tinchlik va barqarorlikni asrash faqat bir xalq yoki mamlakatning emas, balkim butun insonlarning muqaddas burchlaridir.

Samarqand shahridagi Mirsaid Baraka mahalla aholisi bilan mana shu ulug‘ ne'matning qadri haqida suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan Samarqand shahar “Obi Rahmat” jome masjidi imom xatibi Akmal domla Mamatqulov, dunyoda tinchlikni buzish, ming minglab bolalarni yetim va qarovsiz qoldirish, odamlarni boshpanasiz, och nahor, sarson-sargardon qilish bilan g‘arazli maqsadlarga yetishni o‘ylaydigan yovuz kimsalar   har zamonda bo‘lgani, bugungi kunda ham ular qiyofasini o‘zgartirib yovuz  ishlarni qilishga urinishayotgani, buning oqibatida gullab yashnayotgan shaharlar vayronaga aylanib, tinchligini yo‘qotgan xalq o‘z uylarini tashlab ketayotganini ta'kidladi. A. Mamatqulov  so‘zida davom etib, “Dono xalqimizda bir maqol bor: Bir kun janjal chiqqan joyda qirq kun fayz baraka ko‘tariladi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytganlarki,  “Ikki ne'mat bor, ko‘pincha insonlar bu ikki ne'matning qadriga yetmaydilar. Birinchisi – tinchlik-omonlik, ikkinchisi – sihat-salomatlikdir”.  Barchamiz tinchlikning qadriga yetaylik!”- dedi.

Tadbirda boshqa so‘zga chiqqanlar ham yurtimizning tinch, osmonimiz musaffo ekanligi, xalqimiz farovon hayot kechirayotgani, tinchlik, xotirjamlik, salomatlik inson uchun ulug‘ ne'mat ekanligi, ularning qadriga yetish, shukronalar keltirish, uni saqlash muqaddas burch ekanligini qayd etdilar.

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 28/09/2019 15:33;   Ko‘rilganligi: 1516
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/mirsaid-baraka-mahallasida-tadbir-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 07/12/2024 23:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing