O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Kattaqo‘rg‘on shahrida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi

 
 

Bugun, 2022 yil 31 may kuni sayyor yig‘ilish Kattaqo‘rg‘on shahrida tashkil qilindi. Shahardagi mavjud 5 ta masjid imom-xatiblari va noiblar hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari shahardagi 16 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Kattaqo‘rg‘on shahridagi 5 ta masjidda peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik qadri”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” mavzularida ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

Ushbu tadbir davomida umumiy o‘rganilgan xonadonlar va o‘tkazilgan uchrashuvlar soni quyidagini tashkil qildi:

  • Imom-xatiblar tashrif buyurgan mahallalar soni: 16 ta. Shundan 10 tasidamuammolar borligi aniqlandi va barchasi ijroga yo‘naltirildi;
  • Kam ta'minlangan oilalarga tashrif: 40 ta. Barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Nogironligi bor va kasalmand 20 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. Shundan barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Notinch oilalarga tashrif: 8 ta. Shundan 5 ta oiladagi kelishmovchiliklar isloh qilindi.3 nafari o‘tkazilgan tushuntirishlardan o‘zlariga tegishli xulosalar chiqardi;
  • Ichkilikka ruju qo‘ygan 3 nafar fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi. Bularning barchasi qilayotgan ishlarining oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetganligini aytib o‘tdi;
  • Qo‘shnisi bilan nizolashgan 2 ta oilaning o‘rtasi isloh qilindi;
  • JIEMda, qidiruvda bo‘lgan va IHM bo‘lgan jami 28 nafar fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib, ular va oila a'zolari bilan suhbat o‘tkazildi. Shundan Ularning barchasiYurtboshimizning olib borayotgan islohotlaridan g‘oyat mamnun ekanliklarini aytib o‘tdi;
  • Uzoq muddatga xorijga borib kelgan 5 nafar shaxslar bilan hamda xozirda xorijda yurganlarning 3 nafarining oila a'zolari bilan uchrashib, ularga zarur ko‘rsatma va maslahatlar berildi. Shularning barchasi mutaassib fikrda emasligi ma'lum bo‘ldi.
  • Uyushmagan yoshlar bilan 16 ta MFYda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 300 nafarga yaqin uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta'minlandi.
  • Shahardagi 5 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga dolzarb mavzularda ma'ruza qilindi. Unda 2000 nafardan ortiq namozxonlar ishtirok etishdi.
  • Yuqorida aytib o‘tilgan xonadonlarga ko‘rsatilgan jami moddiy yordam miqdori:11 mln so‘mni tashkil qildi.
  • Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Kattaqo‘rg‘on shahridagi 02855 sonli harbiy qism xizmatchilari va ularning oila a'zolari bilan “Vatanni himoyasi muqaddasdir” va “Mustahkam oila asoslari” mavzularida ma'rifiy suhbat o‘tkazdi.

 O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 31/05/2022 18:03;   Ko‘rilganligi: 446
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/kattaqorgon-shahrida-aholi-bilan-muloqotlar-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 20:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing