O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Imom-xatiblar tomonidan epidemiyani oldini olish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari Kengashining karantin davrida osoyishtalikni saqlash va inson sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadidagi o‘rnatilgan tartib-qoidalarga qat'iy rioya qilishga chaqirig‘i e'lon qilindi.  Darhaqiqat, mutaxassislarning tavsiya va ko‘rstmalariga amal qilish holatning ijobiy tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Nabiy alayhissalom ham Allohga tavakkal qilib, tuyasini yaylovga qo‘yib yuborgan sahroyi arabga: “Avval uni bog‘lab, keyin Allohga tavvakkal qil”  deb buyurganlar. Biz ham o‘z o‘rnida ehtiyot choralarini qo‘llab, so‘ng Allohga tavakkal qilib, O‘zidan shifo va omon saqlashini so‘rasak maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Samarqand viloyati imom-xatiblari bugungi vaziyatda kishilarni vahimaga tushmaslik, sog‘liqni saqlash mutaxassislarining tavsiyalariga qat'iy rioya etish borasida bir qancha tegishli ishlarni amalga oshirmoqdalar. Jumladan, aholining kam ta'minlangan oilalariga moddiy yordam ko‘rsatish, tibbiyot yuz niqobi ulashish, bozor va avtoturargohlarda marshrut taksi haydovchilari va aholiga ko‘rsatma va tavsiyalar berib kelmoqda.

Bugun, 24 mart kuni imom-xatiblar tomonidan Samarqand viloyati bo‘yicha 2500 dan ziyod yuz niqoblari tarqatildi. 165 000 000 so‘m miqdordagi xayriya ishlari amalga oshirilib, 20 dan ziyod bozor va 18 ta avtoturargohlarda taksi haydovchilari, fuqarolar hamda 1200 dan ziyod xonadonlarda aholiga tushuntirish ishlarini olib bordi. Shuningdek, viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov boshchiligidagi ulamolar hamda tajribali imom-xatiblardan 32 nafar diniy soha vakillari Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” asarining to‘liq mutolaasi (Xatmi Buxoriy) ado etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20 mart kuni viloyatdagi barcha 285 ta masjid imom-xatiblari va imom-noiblari tomonidan 123 900 marotabadan “Solatan tunajjino” va “Solatan noriya”, 119714 marotaba “Hasbunallohu va ni'mal vakil” duolari hamda 1254 marotabadan “Fotiha” va  “Ixlos” suralari va 59 ta Xatmi Qur'onlar o‘qilgan,.viloyat vakilligi tomonidan 120 kg. vaznlik bir bosh qoramol, viloyatdagi 16 ta shahar va tuman masjidlari hisobidan tuman va shahar bosh imom-xatiblari boshchiligida o‘rtacha vazni 40-45 kg.ni tashkil etadigan jami 27 ta qo‘ylar so‘yilgan, ushbu jonliqlarning go‘shti hamda 150.000.000 so‘mdan ziyod miqdordagi oziq-ovqat (un, shakar, yog‘, non, makaron, sovun v.b) mahsulotlari kam ta'minlangan, yordamga muhtoj 450 ta xonadonga hadya qilingan edi.  

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 24/03/2020 12:24;   Ko‘rilganligi: 1338
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/imom-xatiblar-tomonidan-epidemiyani-oldini-olish-boyicha-tadbirlar-amalga-oshirilmoqda
Chop etilgan vaqti: 19/03/2024 12:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing