O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Imom-xatiblar tamonidan ma'rifiy suhbatlar davom etmoqda

 
 

Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 26 sentyabr kuni quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Viloyatimizdagi 40 ta masjidlarda, Jumladan: Bulung‘ur tumanidagi “Niyozmat”, “Amir Hamza”, “Beshariq Changal”, Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Muhammad Naqibbek”, “Qoriravot”, “Tegirmonboshi”, Narpay tumanidagi “Naqshbandiy”, “Oq masjid”, “Ko‘k ota”, Nurobod tumanidagi “Jom ota”, “Hazrati Ali”, “Hazrati Umar”, Oqdaryo tumanidagi “Maxdumi A'zam”, “Yakkabog‘”, “Bilol”, “Yangiqo‘rg‘on”, Samarqand shahridagi “Namozgoh”, “Xo‘ja Is'hoqi Valiy”, “Xo‘ja Yusuf”, Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Ahrori vali”, “Yangi masjid”, “Imomi A'zam”, Ishtixon tumanidagi “Sug‘ot”, “Polvon ota”, “Zarband”, “Boylata”, Tayloq tumanidagi “Talli ota”, “Bog‘izag‘on”, “Tayloq”, Payariq tumaniagi “Islom nuri”, “Mo‘lla Toxir”, “Said Nuriddinxo‘ja”, Urgut tumanidagi “Said ota”, “Ahmad Yassaviy-1”, “Xo‘ja Amon”, “Chubin”, “Urgut” markaziy, Paxtachi tumanidagi “Xo‘ja Ziyovuddin” va “Ukrach” masjidlarida “Vatanga muhabbat”, “Tinchlik buyuk ne'mat”, “Soxta salafiylik va mazhabsizlikning salbiy oqibatlari”, “Yoshlar tarbiyasiga barchamiz mas'ulmiz” va boshqa ijtimoiy mavzularida suhbatlar o‘tkazilib, Peshin namozi vaqtida o‘tkazilgan ushbu suhbatlarda jami 6 000 nafardan ziyod namozxonlar ishtirok etdi.

O‘MI samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 26/09/2022 19:55;   Ko‘rilganligi: 340
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/imom-xatiblar-tamonidan-marifiy-suhbatlar-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 06:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing