O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Imkoniyati cheklanganlar bilan mavlud tadbiri o‘tkazildi

 
 

Bugun, 11 noyabr kuni Samarqand shahar “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidida "Vaqf" xayriya jamoat fondi viloyat filali hamkorligida gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar ishtirokida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilgan oylari munosabati bilan Mavlud tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi vakili, surdo tarjimoni Rustam Berdiyev hamda “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidi imom xatibi Yoqub Mansurovlar ishtirok etdi. Viloyat bosh imom-xatibi so‘z olib, yig‘ilganlarga Payg‘ambarimiz alayhissalomning nasl-nasablari, tug‘ilishlari, hayotining dastlabki yillari va mana shu davrda u zot bilan sodir bo‘lgan mo‘jizalar haqida gapirib berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlari, amalga oshirgan ishlari haqida keyingi uchrashuvlarda yana suhbatlar bo‘lishi ta'kidlandi.

Shundan so‘ng tadbirda ishtirok etgan yetmish nafar gapirish va eshitish imkoniyati cheklangan fuqarolarga homiylar tomonidan taqdim etilgan shirinliklar tarqatilib, ularga bayramona kayfiyat ulashildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 11/11/2019 15:04;   Ko‘rilganligi: 1583
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/imkoniyati-cheklanganlar-bilan-mavlud-tadbiri-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 19/03/2024 12:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing