ILMNI YETKAZISH FAZLILATLI AMAL
Hozirgi imom-xatib nafaqat masjidda jamoatga namoz o‘qib berishi, ma'raka marosimlarda ishtirok etishi, balki aholi, ayniqsa yoshlarning ta'lim tarbiya, odobu axloq, dunyoqarashining to‘g‘ri shakllanishida o‘z hissasini qo‘shib bormog‘i lozim.
Toyloq tumani “Jumabozor” jome masjidi imom xatibi Samariddin Abulsaidov ham o‘zining diniy sohadagi o‘n besh yillik sermahsul faoliyati davomida egallagan ilmini xalqqa yetkazish, ularning diniy-ma'rifiy savodxonligini shakllantirishda xolis xizmat qilib kelmoqda. Tumandagi 30-maktabda bo‘lib o‘tgan tadbirda ham Samariddin domla o‘quvchilarga ustozning hurmati, o‘quvchi odobi, ilmning fazilati mavzularida tushunchalar berdi. Domla har haftaning juma kuni tumandagi ta'lim maskanlariga borib, o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazishni o‘z rejasiga kiritgan. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida “Mendan bir oyat bo‘lsa ham yetkazinglar”, deb marhamat qilganlar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 09/10/2019 11:19; Ko‘rilganligi: 1428
Chop etilgan vaqti: 22/01/2025 16:03