O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Hech kim mehr va ye'tibordan chetda qolmaydi... Siz bizga keraksiz

 
 

Joriy yilning 15 oktabr sanasida yeshitish va gapirishda nuqsoni bor shaxslar orasida missionerlikni tarqalishini oldini olish maqsadida doimiy tashkil qilib kelinayotgan “Siz bizga keraksiz” shiori ostida “Missionerlikdan ogoh bo‘ling” diniy ma'rifiy xayriya tadbiri Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati filiali va O‘MI Samarqand viloyat vakilligi hamkorligida o‘tkazildi. Tadbirda mahalliy hokimiyat vakillari, O‘MI mutaxassislari, Samarqand shahar xatibligi vakili va boshqa mehmonlar qatnashdilar.

Tadbirni shahar bosh imom xatibi Z.Maxmudov kirish so‘zi bilan ochib, davra qatnashchilariga islomning asosiy tushunchalari va Payg‘ambarimiz (sav) hayotlari haqida mazmunli ma'ruza qilib berdilar. Shundan so‘ng so‘zga DIQning viloyat vakili so‘zga chiqib mamlakatimizda diniy ma'rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar, yurt obodligi, jamiyatda hech kim mehr va ye'tibordan chetda qolmasligini qatnashchilarga ta'kidlab o‘tdilar. Tadbir oxirida qatnashchilarga videorolik ko‘rinishida lavha namoyish yetilib, unda yurtimizdagi yeshitish va gapirishda nuqsoni bor bir qancha kimsalar o‘zlari haqida gapirishib Yaratganning mo‘min-musulmonlardan qilgani uchun shukronalar aytishdi. Shundan so‘ng 7 nafar qatnashchilar islom kalimalarin aytishib islomga kirganliklarini ye'lon qilishdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/10/2022 15:02;   Ko‘rilganligi: 322
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/hech-kim-mehr-va-etibordan-chetda-qolmaydi-siz-bizga-keraksiz
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 21:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing