O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

EHSON OSHI TARQATILDI

 
 

Ayni kunlarda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida homiylar va saxovatpesha insonlar tomonidan amalga oshirilayotgan xayriya tadbirlari kishiga Nabiy sollallohu alayhi va sallamning: «Sizlardan birortangiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodari uchun ham ravo ko‘rmaguncha mo‘min bo‘la olmaydi» (Imom Buxoriy rivoyati), degan muborak hadislarini eslatadi.

Kuni kecha Urgut tumani bosh imom-xatibi H.Ibragimov tashabbusi bilan Urgut tumanidagi Obodonlashtirish tashkilotining 200 dan ziyod ishchi xodimlariga 50 kilogramm osh tayyorlanib, ehson qilindi.

Alloh taolo bunday xayrli ishlarga o‘z hissasini qo‘shayotgan azizlarimizga ulug‘ ajrlarni bersin. Qilgan xarajatlarini ham moliyaviy, ham ma'naviy jihatdan to‘ldirsin.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 18/01/2023 10:41;   Ko‘rilganligi: 276
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/ehson-oshi-tarqatildi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 10:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing