O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

 DUOIMIZ QABUL BO‘LGAN KUN

 
 

 «Menga duo qiling va sizga ijobat qilurman...» deb bandalarini duo qilishga buyurgan va ijobat etishining xushxabarini bergan Alloh taologa hamdlar bo‘lsin.

Albatta, duo har bir mo‘min-musulmon bandaning qurolidir. Qurol g‘animni yengishda qanchalik muhim bo‘lsa, duo ham mo‘min uchun balolar va musibatlarga qarshi turishida zarurdir.

Shu sababli, bugun yurtimiz hududida uzluksiz davom etayotgan yog‘ingarliklar oqibatida o‘lkamizning qator viloyatlarida sel kelishi xavfining yuzaga kelayotgani, ayrim xonadonlarga zarar va talafot ham yetayotgani uchun yurtimizdagi jome masjidlarda Alloh taolodan bu yog‘ingarchiliklarning salbiy oqibatlaridan panoh va yaxshiliklarga sababchi bo‘lishini so‘rab duo qilish boshlandi.

 Ayniqsa, 16 mart kuni peshin namozida mamlakatimizdagi barcha jome masjidlarda yog‘ingarchiliklar oqibatlaridan panoh va yaxshiliklarga sababchi bo‘lish (istis'ho) duosi o‘qildi.

 Allohga hamdlar bo‘lsinki, O‘zi qilgan duolarimizni qabul etib, bugun erta tongdan osmonni qoplab kelgan qora bulutlar, qilingan duolar sababli tarqalib, o‘z o‘rnini inson qalbini nurafshon qiladigan quyoshga bo‘shatib berdi, bulutlar tarqab ketdi!
Mehribon Robbimiz yog‘ayotgan yomg‘irni ustimizga emas, qir-adirlarga, vodiylar bag‘riga va daraxtzorlarga yog‘dirsin. Rizqimizni mo‘l, hosilimizni barakali qilsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/03/2022 09:50;   Ko‘rilganligi: 457
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/duoimiz-qabul-bolgan-kun
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 04:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing