O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Bugun, Zayniddin domla Eshonqulov viloyat hokimi o‘rinbosari B.Qodirov bilan birgalikda Samarqand temir yo‘l vokzalida “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchilarini kutib oldi.

 
 

Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar, AQSH Global jalb qilish institutlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari hamkorligida tashkil etilgan, Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari va AQSH yetakchi din ulamolari, ilohiyotshunoslari, huquqshunoslari va boshqa rasmiy vakillar ishtirokida davom etayotgan forum a'zolari Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar Samarqandda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va diqqatga sazovor joylarni ziyorat qiladilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 18/05/2022 14:54;   Ko‘rilganligi: 370
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/bugun-zayniddin-domla-eshonqulov-viloyat-hokimi-orinbosari-bqodirov-bilan-birgalikda-samarqand-temir-yol-vokzalida-deklaratsiyalar-muloqoti-xalqaro-forumi-ishtirokchilarini-kutib-oldi
Chop etilgan vaqti: 23/04/2024 23:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing