“Oltin silsila” turkumidan hadislar. TAHORAT KITOBI.
٤-كتاب الوضوء
- TAHORAT KITOBI
١-باب مَا جَاءَ فِي الْوُضُوءِ
وَقَوْلِ اللَّهِ تَعَالَى إِذَا قُمْتُمْ إِلَى الصَّلَاةِ فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ وَامْسَحُوا بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى الْكَعْبَيْنِ
1-BOB
TAHORAT HAQIDA KELGAN XABARLAR VA ALLOH TAOLONING “... NAMOZGA TURSANGIZ, YUZLARINGIZNI VA QO‘LLARINGIZNI CHIG‘ANOQLARIGACHA, BOSHLARINGIZGA MAS'H TORTIB, OYOQLARINGIZNI TO‘PIQLARIGACHA YUVINGLAR” (Moida surasi, 6-oyat) DEGAN SO‘ZI HAQIDA
قَالَ أَبُو عَبْد اللَّهِ وَبَيَّنَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّ فَرْضَ الْوُضُوءِ مَرَّةً مَرَّةً وَتَوَضَّأَ أَيْضًا مَرَّتَيْنِ وَثَلَاثًا وَلَمْ يَزِدْ عَلَى ثَلَاثٍ وَكَرِهَ أَهْلُ الْعِلْمِ الْإِسْرَافَ فِيهِ وَأَنْ يُجَاوِزُوا فِعْلَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ
Abu Abdulloh aytadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam tahoratning farzi bir martadan yuvish ekanini bayon qilganlar va o‘zlari ikki martadan ham, uch martadan ham yuvganlar, ammo uchtadan ziyoda qilmaganlar. Ahli ilmlar bunda isrofga yo‘l qo‘yishni va Nabiy sollallohu alayhi vasallam qilganlaridan oshirib yuborishni karih ko‘rishgan”.
Kiritilgan vaqti: 07/09/2019 16:58; Ko‘rilganligi: 1298
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 02:18