O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Hadislar

“Oltin silsila” turkumidan hadislar

 
 

“Oltin silsila” turkumidan hadislar

٢- كتاب الإيمان

2.IYMON KITOBI

بَابُ الإِيمَانِ وَقَوْلِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: "بُنِيَ الإِسْلاَمُ عَلَى خَمْسٍ"

1-BOB

IYMON VA NABIY SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING “ISLOM BESh NARSAGA BINO QILINGANDIR” DEGAN SO‘ZLARI HAQIDA

وَهُوَ قَوْلٌ وَفِعْلٌ، وَيَزِيدُ وَيَنْقُصُ. قَالَ اللَّهُ تَعَالَى: {لِيَزْدَادُوا إِيمَانًا مَعَ إِيمَانِهِمْ}، {وَزِدْنَاهُمْ هُدًى}، {وَيَزِيدُ اللَّهُ الَّذِينَ اهْتَدَوْا هُدًى}، {وَالَّذِينَ اهْتَدَوْا زَادَهُمْ هُدًى وَآتَاهُمْ تَقْوَاهُمْ}، {وَيَزْدَادَ الَّذِينَ آمَنُوا إِيمَانًا}، وَقَوْلُهُ: {أَيُّكُمْ زَادَتْهُ هَذِهِ إِيمَانًا فَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا فَزَادَتْهُمْ إِيمَانًا}. وَقَوْلُهُ جَلَّ ذِكْرُهُ: {فَاخْشَوْهُمْ فَزَادَهُمْ إِيمَانًا}. وَقَوْلُهُ تَعَالَى: {وَمَا زَادَهُمْ إِلاَّ إِيمَانًا وَتَسْلِيمًا}. وَالْحُبُّ فِي اللَّهِ وَالْبُغْضُ فِي اللَّهِ مِنَ الإِيمَانِ. وَكَتَبَ عُمَرُ بْنُ عَبْدِ الْعَزِيزِ إِلَى عَدِيِّ بْنِ عَدِيٍّ إِنَّ لِلإِيمَانِ فَرَائِضَ وَشَرَائِعَ وَحُدُودًا وَسُنَنًا، فَمَنِ اسْتَكْمَلَهَا اسْتَكْمَلَ الإِيمَانَ، وَمَنْ لَمْ يَسْتَكْمِلْهَا لَمْ يَسْتَكْمِلِ الإِيمَانَ، فَإِنْ أَعِشْ فَسَأُبَيِّنُهَا لَكُمْ حَتَّى تَعْمَلُوا بِهَا، وَإِنْ أَمُتْ فَمَا أَنَا عَلَى صُحْبَتِكُمْ بِحَرِيصٍ. وَقَالَ إِبْرَاهِيمُ: {وَلَكِنْ لِيَطْمَئِنَّ قَلْبِي} وَقَالَ مُعَاذٌ: اجْلِسْ بِنَا نُؤْمِنْ سَاعَةً. وَقَالَ ابْنُ مَسْعُودٍ: الْيَقِينُ الإِيمَانُ كُلُّهُ. وَقَالَ ابْنُ عُمَرَ: لاَ يَبْلُغُ الْعَبْدُ حَقِيقَةَ التَّقْوَى حَتَّى يَدَعَ مَا حَاكَ فِي الصَّدْرِ. وَقَالَ مُجَاهِدٌ: {شَرَعَ لَكُمْ} أَوْصَيْنَاكَ يَا مُحَمَّدُ وَإِيَّاهُ دِينًا وَاحِدًا. وَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ: {شِرْعَةً وَمِنْهَاجًا} سَبِيلاً وَسُنَّةً.

          U (iymon) so‘z va amaldir, ziyoda ham, noqis ham bo‘ladi. Alloh taolo aytadi: “... iymonlariga iymon ziyoda bo‘lishi uchun...” (Fath surasi, 4-oyat).

         “Va ularga yanada ziyoda hidoyat berdik” (Kahf surasi, 13-oyat).

         “Va Alloh hidoyatga yurganlarning hidoyatini ziyoda qiladi” (Maryam surasi, 76-oyat).

         “Hidoyat topganlarning hidoyatini ziyoda qildi va ularning taqvolarini berdik” (Muhammad surasi, 17-oyat) .

         “Va iymonlilarning iymonlari ziyoda bo‘lishlari uchundir” (Muddassir surasi, 31-oyat).

         U Zotning so‘zi: “Bu qay biringizning iymonini ziyoda qildi?” deydigan kimsalar bor. Bas, iymon keltirganlarning iymonini ziyoda qildi” (Tavba surasi, 124-oyat).

         U Zot jalla zikruhuning so‘zi: “(Odamlar...) ulardan qo‘rqinglar”, deganda (bu) ularda iymonni ziyoda qildi” (Oli Imron surasi, 173-oyat).

         U Zot taoloning so‘zi: “Bu ularda iymon va taslimdan boshqa narsani ziyoda etmadi” (Ahzob surasi, 22-oyat).

         “Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish ham iymondandir”.

         Umar ibn Abdulaziz Adiy ibn Atiyga maktub yozdi: “Darhaqiqat, iymonning farzlari, qonun-qoidalari, chegarlari va sunnatlari bor. Kim ularni to‘la bajarsa, iymonni komil qilibdi. Kim ularni to‘liq bajarmasa, iymonni komil qilmabdi. Agar hayot bo‘lsam, amal qilishingiz uchun ularni sizga bayon qilib beraman. Bordiyu o‘lsam, unda suhbatingizga ishtiyoqmand emasman”.

         Ibrohim alayhissalom: “Lekin qalbim xotirjam bo‘lishi uchun” (Shuro surasi, 13-oyat), degan.  

         Muoz roziyallohu anhu: “Biz bilan o‘tir, bir pas iymonlashaylik”, degan.

Ibn Mas'ud roziyallohu anhu: “Yaqiyn (komil ishonch) – iymonning hammasidir”, deb aytgan.

          Ibn Umar roziyallohu anhumo: “Banda o‘z qalbiga ta'sir qilayotgan (shubha)ni tark etmagunicha, taqvoning haqiqatiga yeta olmaydi”, dedi.

         Mujohid: “Dinda Nuhga vasiyat qilgan narsasini sizlarga shariat qildi” oyatini “Ey Muhammad, senga va uning yagona dinni vasiyat qildik” (Shuro surasi, 13-oyat), deb aytgan.

         Ibn Abbos roziyallohu anhumo “Shariat va minhoj”ni – yo‘l va sunnat, degan.

         Izoh: “Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh bu masala xususida quyidagilarni aytgan: “Bu bahs lafziydir. Chunki iymondan murod faqat tasdiq bo‘lsa, u holda bu ziyodalik va nuqsonni qabul qilmaydi. Agar toatlar ham ham undan bo‘lsa, bularni qabul qiladi”. So‘ng aytdilar: “Toatlar tasdiqni mukammal qiladi. “Iymon ziyodalik va nuqsonni qabul qiladi” degan so‘zga keltirilgan dalillarning hammmasi iymonning asli bo‘lgan tasdiqqa buriladi. “Iymon ziyodalik va nuqsonni qabul qiladi” degan so‘zga dalolat qiladigan hamma narsa tasdiq bilan amaldan iborat komil iymonga ta'alluqlidir” (“Umdutul Qoriy sharhu Sahihil Buxoriy”, “Iymon kitobi”).

         Bu so‘zlar “Iymonning ziyoda va noqis bo‘lishi haqida”gi 34-bobga ham tegishli. Buxoriy va boshqa muhaddislarga ko‘ra, bandaning iymoni uning din amallarida bardavom bo‘lishiga qarab ziyoda bo‘ladi va doimiy nuqsonga yo‘l qo‘yishiga qarab kamayadi. Imom Abu Hanifaga ko‘ra ham iymon ziyoda va noqis bo‘ladi. Biroq iymonning ayni o‘zi emas, balki sifati shunday xususiyatga ega.  

 

(Oltin silsila” turkumidagi “Sahihul Buxoriy” 1-kitobidan)

 (Davomi bor...)


Kiritilgan vaqti: 05/09/2019 15:18;   Ko‘rilganligi: 1614
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/islam/hadiths/oltin-silsila-turkumidan-hadislar
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 10:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing