AZON (AYTISH)NING BOSHLANISHI
١٥- كتاب الاذان
- AZON KITOBI
١- باب بدء الأذان
1-BOB
AZON (AYTISH)NING BOSHLANISHI
- Nofe' xabar qiladi:
“Ibn Umar roziyallohu anhumo aytar edi: “Musulmonlar Madinaga kelishganida to‘planib, namoz vaqtini belgilab olishardi. Unga (namozga) chaqirilmas edi. Bir kuni shu haqda gaplashib qolishdi. Ba'zilari: “Nasroniylarning zangi kabi zang qilib olinglar”, desa, ba'zilari: “Yahudiylarning muguzi (hayvon shoxi) kabi burg‘u (ichi shox shaklidagi kengayib boruvchi puflab chalinadigan asbob) qilib olinglar”, dedi. Shunda Umar: “Namozga chaqiradigan bir kishini qo‘ymaysizlarmi?” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey Bilol, tur, namozga chaqir!” dedilar”.
(“Oltin silsila” turkumidagi “Sahihul Buxoriy” 1-kitobidan)
Kiritilgan vaqti: 23/09/2019 16:15; Ko‘rilganligi: 1709
Chop etilgan vaqti: 16/09/2024 00:40