O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Qur'on oyatlari

Bugunning oyati karimasi va hadisi sharifi

 
 

Bismillahir Rohmanir Rohim

Oyati karima:

“Allohga va Uning Rasuliga itoat qiling. O‘zaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch quvvatingiz ketadi. Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilandir.”. al-Anfol surasi 111-oyat.

G‘alaba omillaridan biri – Allohga va uning rasuliga itoat qilish bo‘lib, u nafaqat urush maydonidagi, balki barcha sohalardagi g‘alaba va muvaffaqiyatlarning asosiy garovidir. Ma’lumki, urushda qo‘mondonlikka itoat katta ahamiyatga ega. Bu oddiy bandalarga itoat haqidagi gap. Endi olamlarning yaratguvchisi va tadbirini qilguvchisiga, u zotning tanlab olgan oxirgi Payg‘ambari Muhammadga (s.a.v.) bo‘ladigan itoat qanchalar ulug‘ ekanini, qanchalik muvaffaqiyatlar garovi ekanini o‘zimiz bilib olaverishimiz kerak.. (Tafsiri Hiloldan)

Hadisi Sharif:

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinadi. Rasululloh sallollohu alayi vasallam: «Kim biror kasalni borib ko‘rsa yoki Alloh yo‘lidagi birodarini ziyorat qilsa, bir nido qiluvchi: «Yaxshi inson bo‘lding, yurishing ham yaxshi bo‘ldi va jannatdan o‘zing uchun joy tayyorlab qo‘yding», deb nido qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.


Kiritilgan vaqti: 03/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 2436
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/islam/ayahs/bugunning-oyati-karimasi-va-hadisi-sharifi
Chop etilgan vaqti: 18/05/2024 16:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing