Bir oyat sharhi
“Kufr” lug‘atda “bekitish”, “to‘sish” ma’nolarini anglatadi. Shu ma’noda barcha moddiy va ma’naviy narsalarni to‘sishga nisbatan kufr so‘zi ishlatiladi. Kufr so‘zi Qur’oni karimda ko‘plab ma’nolarda kelgan:
1. “Bekitish” ma’nosida:
كَمَثَلِ غَيْثٍ أَعْجَبَ الْكُفَّارَ نَبَاتُهُ
“U xuddi o‘simligi dehqonlarni ajablantirgan yomg‘irga o‘xshaydir”[1].
Ushbu oyatdagiالْكُفَّارَ kalimasi “tuproqqa urug‘ni bekituvchilar”, ya’ni dehqonlar ma’nosida kelgan.
2. “Noshukrchilik qilish” ma’nosida:
لَئِنْ شَكَرْتُمْ لَأَزِيدَنَّكُمْ وَلَئِنْ كَفَرْتُمْ إِنَّ عَذَابِي لَشَدِيدٌ
“Qasamki, (bergan ne’matlarimga) shukr qilsangiz, albatta,(ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu noshukrchilik qilsangiz, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir”[2].
Ushbu oyatdagiكَفَرْتُمْso‘zi “noshukrchilik qilsangiz” ma’nosida kelgan.
3. “Inkor etish” ma’nosida:
Inkor etish ma’nosi ham ikki turda kelgan:
A) Yaratuvchini inkor qilish ma’nosida:
وَقَالُوا مَا هِيَ إِلَّا حَيَاتُنَا الدُّنْيَا نَمُوتُ وَنَحْيَا وَمَا يُهْلِكُنَا إِلَّا الدَّهْرُ
“Ular (qiyomatni inkor qiluvchilar): “(Hayot) faqat shu dunyodagi hayotimizdir. (Birimiz) o‘lib, (birimiz) yashab yuraveramiz. Bizlarni (Alloh emas, balki) faqat zamon o‘tishigina o‘ldiradi”, – dedilar”[3].
Ushbu oyatdagi gaplar qiyomatni inkor qiluvchi kimsalar tilidanbayon qilingan.
B) bilib turib haqiqatni inkor qilish ma’nosida:
فَلَمَّا جَاءَهُمْ مَا عَرَفُوا كَفَرُوا بِهِ
“O‘zlariga tanish zot (Muhammad) kelganda uni inkor etdilar”[4].
Ushbu oyatdagi كَفَرُواso‘zi “inkor etish” ma’nosida kelgan.
4. Iymon qarshisidagi kufr ma’nosida:
وَمَنْ يَكْفُرْ بِاللَّهِ وَمَلَائِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالًا بَعِيدًا
“Kim Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Payg‘ambarlariga va oxirat kuniga kufr keltirsa, batahqiq, qattiq adashgan bo‘ladi”[5].
Ushbu oyatdagiيَكْفُرْso‘zi “iymon keltirmasa” ma’nosida kelgan.
Sunnati mutohharada ham kufr so‘zi ko‘plab ma’nolarda kelgan:
1. Musulmonni kofirlikda ayblash ma’nosida:
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُأَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ إِذَا قَالَ الرَّجُلُ لِأَخِيهِ يَا كَافِرُ فَقَدْ بَاءَ بِهِ أَحَدُهُمَا.رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar bir kishi o‘z musulmon qardoshiga “ey kofir” desa, albatta, ulardan biri unga qaytadi”,– dedilar”. Imom Buxoriy rivoyati.
Ushbu hadisda musulmonni kufrda ayblashda aytuvchining o‘zini kufrga olib borish xavfi borligi bayon qilingan. Ya’ni bu gapni aytuvchining so‘zi yolg‘on bo‘lsa, iymonni kufr degan bo‘lib qoladi. Iymonni kufr deyish esa kufr bo‘ladi.
2. Noshukrchilik qilish ma’nosida:
عَنْ جَابِرٍ عَنِ النَّبِىِّ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ قَالَ مَنْ أُعْطِىَ عَطَاءً فَوَجَدَ فَلْيَجْزِ بِهِ وَمَنْ لَمْ يَجِدْ فَلْيُثْنِ فَإِنَّ مَنْ أَثْنَى فَقَدْ شَكَرَ وَمَنْ كَتَمَ فَقَدْ كَفَرَ رَوَاهُ التِرْمِذِيُّ
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “ Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “ Kimga biror sovg‘a berilsa, imkoni bo‘lsa, uni ham (sovg‘a bilan) taqdirlasin. Kimning imkoni bo‘lmasa, rahmat aytib duo qilsin. Albatta, kim rahmat aytib duo qilgan bo‘lsa, uni taqdirlagan bo‘ladi. Kim bekitsa,(rahmat aytib duo qilmasa)(ushbu ne’matga) kufr keltirgan (noshukrlik qilgan bo‘ladi)”... – dedilar”. Imom Terimiziy rivoyati.
Ushbu hadisdagi كَفَرَso‘zi “noshukrchilik qilish” ma’nosida kelgan.
3. Shar’an noto‘g‘ri ishdan qattiq qaytarish ma’nosida:
عَنْ سَعْدِ بْنِ عُبَيْدَةَ أَنَّ ابْنَ عُمَرَ سَمِعَ رَجُلاً يَقُولُ لاَ وَالْكَعْبَةِ. فَقَالَ ابْنُ عُمَرَ لاَ يُحْلَفُ بِغَيْرِ اللَّهِ فَإِنِّى سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَيَقُولُمَنْ حَلَفَ بِغَيْرِ اللَّهِ فَقَدْ كَفَرَ أَوْ أَشْرَكَ. رَوَاهُ التِرْمِذِيُّ
Sa’d ibn Ubodadan rivoyat qilinadi: Ibn Umar bir kishining “Ka’baga qasamki,
Kiritilgan vaqti: 08/06/2017 00:00;
Ko‘rilganligi: 11985
Chop etilgan vaqti: 04/12/2024 13:33