O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Yoshlar tarbiyasi eng ustuvor vazifalardan biridir

 
 

Bulung‘ur tuman bosh imom xatibi To‘lqin domla Ravshanov tumandagi Samarqand mahallasi aholisi bilan, Yoshlar tarbiyasiga befarq bo‘lmaslik, O‘z joniga qasd qilishni oldini olish va boshqa mavzularda suhbat o‘tkazdi.

Darhaqiqat, yoshlar tarbiyasi har doimgidanda bugun dolzarb hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida o‘ziga xos va mos milliy, diniy qadriyatlarga asoslangan xalqimizning tarbiya borasidagi azaliy an'analari “ommaviy madaniyat”, mentalitetimiz, milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oya va qarashlar ta'sirida asl mohiyatini yo‘qotib borayotgani barchamizni tashvishga soladi. Ushbu jarayonga, ya'ni tarbiya masalasiga o‘z vaqtida jiddiy e'tibor qaratmasak, ertaga kech bo‘lishi, tuzatib bo‘lmas darajadagi oqibatlarga olib kelishi mumkin. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Biringizning bolasiga odob bermog‘i, har kuni yarim so' miqdorida sadaqa qilib turgandan afzaldir”, deganlar (Jobir mbn Samuradan Termiziy rivoyati). Ushbu hadisdan ravshan bo‘ladiki, farzandga go‘zal xulq va ta'lim-tarbiya berish mol-dunyo sarflab, sadaqa qilishdan savobli hamdir.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 15/11/2019 10:44;   Ko‘rilganligi: 1339
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/yoshlar-tarbiyasi-eng-ustuvor-vazifalardan-biridir
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 09:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing