O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Guruh rahbarlari bilan mashg‘ulot o‘tkazildi

 
 

Diniy-ma'rifiy jabhada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mo‘min-musulmonlar Haj va Umra ibodatlarini ado etib kelmoqda. Fuqarolarimizning muqaddas ziyoratni ado etishi uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Umra safariga boruvchi ziyoratchilarning sonini belgilash bo‘yicha cheklovlar olib tashlangani fuqarolarimizni yanada quvontirdi.

Hozirga vaqtda Samarqand viloyatidan har o‘n kunda 3-4 ta guruh Umra safariga yo‘l olmoqda. Umra safari davomida ziyoratchilarimizga xizmat ko‘rsatish, ularning ibodatlari mukammal bo‘lishi uchun saralab olingan bilimli, tajribali guruh rahbarlari ziyoratchilarga yaqindan yordam berib kelmoqda. Albatta, guruh rahbarligi mas'uliyatli vazifa hisoblanadi. Shu bois ular bilan Samarqand viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi, o‘rinbosarlari hamda shu soha mas'ullari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish odat tusiga kirgan. Ana shunday mashg‘ulotlarning navbatdagisi bugun, 17 dekab kuni vakillik binosida bo‘lib o‘tdi. Uni viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov olib bordi. Ziyoratchilarga rahbarlik qiluvchi guruh rahbarlariga ularning vazifalari va boshqa zaruriy tavsiyalar berildi. Jumladan, ularning burch va mas'uliyatlari, umra ibodati ruknlari, safarga jo‘nab ketish hamda Saudiya Arabistonidagi tashkiliy ishlarning ularga taalluqli jihatlari atroflicha yoritildi.

Shuningdek, safarga doir hujjatlar bilan ishlash tizimi, guruhdagi ziyoratchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish tartibi, pasport va boshqa hujjatlarini yuritish tartib-qoidalari borasida ham ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida, guruh rahbarlari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha, batafsil javob berildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 17/12/2019 11:56;   Ko‘rilganligi: 1159
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/guruh-rahbarlari-bilan-mashgulot-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 23/04/2024 21:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing