O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xushxabar: Tinimsiz sa'y-harakatlar sababidan koronavirus kasallari sog‘aymoqda

 
 

Butun dunyoga katta tashvish va muammo bo‘lib turgan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha davlatimiz Rahbarining bevosita boshchiligida tizimli ishlar qilinmoqda.

Xabaringiz bor, ushbu yo‘nalishlarda hukumatimiz tomonidan keng ko‘lamli chora-tadbirlar uzluksiz amalga oshirilmoqda. O‘z navbatida, yurtimiz aholisi tomonidan ushbu xastalikni insoniyat boshidan aritish maqsadida, xatmi Qur'onlar o‘qildi, salovotlar, aytildi, duoyu tazarrular va xayriyalar qilindi. Xalqimiz orasida Alloh taoloning valiy bandalari, duolari mustajob chin do‘stlari bor. Ularning birgina duolari balolarni aritishi, yengillik va kushoyishlar keltirishi mumkin.

Yaratgan Egamizga beadad hamdlar bo‘lsinki, bugun 7 nafar dastlabki butunlay sog‘aygan bemorlarimiz shifoxonadan chiqarilib, reabilitatsiya markaziga o‘tkazildi. Bu O‘zbekiston tibbiyotining katta yutuqlaridan biri bo‘lib, bu kabi mashaqqatli natijalarga jahonning sanoqli davlatlarigina erishdi, xolos. Bu kabi xushxabarlar ko‘p bo‘lishiga umid qilamiz.

Mamlakatimiz shifokorlarining ushbu ulkan muvaffaqiyati, xalqimiz, ota-onalarimiz, farzandlarimiz sog‘lig‘i yo‘lida tun-u kun qilinayotgan mehnatlar mevasidir. O‘z hayoti va sog‘lig‘ini garovga qo‘yib, pandemiya bilan kurashayotgan shifokorlar, hamshiralar faoliyatlari tahsinga loyiq. Shuningdek, bunday mashaqqatli damlarda tunu kun xizmat qilayotgan Ichki ishlar, Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari, Milliy gvardiya zobitlari, Mudofaa vazirligi harbiylari kabi matonatli xizmatchilar bilan barcha fuqarolarimiz faxrlanadi, xalqimiz ularning mehnatlaridan rozidir.

Alloh taolo qiyinchilikdan osonlikka, bemorlikdan salomatlikka, og‘ir holatlardan xursandchilik chiqarishi orasi yaqin bo‘lishini Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi:
“Bas, albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir. Albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir (“Sharh” surasi, 5-6-oyatlar). Demak, Haq taolodan yolvorib so‘raydiganimiz, qiyinchilik vaqtlari asta-sekin chekinayotgan bo‘lsin, yaqin kunlarda bizlarni osonchilik, salomatlik kunlarga yetkazsin.

Ta'kidlash joizki, xalqimiz, yaqinlarimizning salomatligini saqlash barchamizning burchimiz ekanini bir zum ham unutmaylik! Qat'iy tartib-intizom va karantin tadbirlariga jiddiy rioya qilish orqali vaziyatni barqaror ushlab qolishimiz mumkin. Imkon qadar uyda qoling, ortiqcha ehtiyoj bo‘lmasa ko‘chaga chiqmang, munosabatlarni, muloqotlarni keskin kamaytiring.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qodir Egamdan bu dardni bartaraf etishini so‘rab, istig‘forlar, salavotlar aytish barobarida Qur'on tilovatlari, iltijolar, xayriyalar qilishni davom ettiradi. Yaratgan Parvardigor bu duoyu tazarrularimizni ijobat qiladi, xushxabarlar davom etadi.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 29/03/2020 15:10;   Ko‘rilganligi: 851
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/xushxabar-tinimsiz-say-harakatlar-sababidan-koronavirus-kasallari-sogaymoqda
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 05:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing