O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyat bosh imom-xatibi olisda joylashgan masjidlarda bo‘ldi

 
 

Chegara hudud va markazdan olisda joylashgan masjidlar bilan tanishish maqsadida viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Urgut tumanida bo‘ldi. Viloyat bosh imom-xatibi safar davomida “Quyiqishloq” jome masjidida bo‘lib, masjidning bugungi holati, namozxonlar uchun hozirlangan sharoit, qishgi mavsumga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Masjid qavmi bilan suhbatlashib, Allohga shukronalik keltirish, yoshlar tarbiyasi, oilalarning mustahkamligi borasida suhbatlashdi.

Shundan so‘ng yangidan bino qilinayotgan “Boybul” masjidiga tashrif buyurib, u joyda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Masjid shaharsozlik me'yorlari va qoidalariga muvofiq zamonaviy loyihaga asosan qurilmoqda. Qurilish ishlari 2017 yil boshlangan. Hozir masjid binosi to‘liq qad rostlagan. Uning tom qismi yopilgan bo‘lib, gumbazlar o‘rnatilgan.

Viloyat bosh imom-xatibiga ushbu safar davomida Urgut tuman bosh imom-xatibi Sh.Haqberdiyev hamrohlik qildi.    

O‘MI Samarqand violyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 30/11/2019 15:12;   Ko‘rilganligi: 274
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/viloyat-bosh-imom-xatibi-olisda-joylashgan-masjidlarda-boldi
Chop etilgan vaqti: 11/08/2020 12:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing