O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

VARSH QIROATIDA O‘QIGAN IMOM

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasida joriy yil 3 noyabr kuni o‘tkazilgan “Yil imomi – 2015” ko‘rik tanlovining respublika bosqichida Samarqand shahar “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidi imom noibi Qamariddin Bahriyev faxrli ikkinchi o‘rinni egallagani haqida xabar qilgan edik.

Mazkur tanlovda Qamariddin Bahriyev "Baqara" surasining 6-9 oyatlarini Varsh qiroatida tilovat qilib berib, tanlov hay’at a’zolari va ishtirokchilarida katta taassurot uyg‘otdi.

Hay’at a’zolarining Varsh qiroati qoidalari haqida bergan savollariga Qamariddin Bahriyev batafsil javob berib o‘tdi.

Ta’kidlash lozim, Alloh taoloning Kalomini mehr bilan tinglash va unga muhabbat qo‘yish xalqimizning o‘ziga xos fazilatlaridandir.

WWW.MUSLIM.UZ dan


Kiritilgan vaqti: 11/11/2015 00:00;   Ko‘rilganligi: 1543
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/varsh-qiroatida-oqigan-imom
Chop etilgan vaqti: 18/11/2019 21:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing