O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Urgut tumanida imom-xatiblarning sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 
 

Xabar berganimizdek bugun, 25 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi navbatdagi yig‘ilishni sayyor tarzida Urgut tumanida o‘tkazishini rejalashtirgan edi. Ushbu sayyor yig‘ilishga viloyatdagi barcha shahar va tuman bosh imom-xatiblari, Urgut tumanida faoliyat yuritayotgan 61 ta masjid imom-xatib va imom noiblari jalb etildi.

Dastlab imom-xatiblar guruhlarga bo‘lingan holda Urgut tumanida joylashgan masjidlarning faoliyati bilan tanishdilar, ta'lim maskanlari, mahalla va korxonalarda bo‘lib, aholi bilan uchrashuvlar, joylardagi qabriston, bozorlar faoliyati bilan tanishdilar. Kuzatuvchi maqomida tumanga tashrif buyurgan imom-xatiblar joylardagi masjidlarda peshin namozini ado etib, jamoat bilan hozirgi islohotlar, shukronalik fazilati kabi mavzularda suhbatlar uyushtirdi.

Kunning ikkinchi yarmida tadbir ishtirokchilari yig‘ilib, masjidlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha xulosalar qilindi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Shuningdek, Muborak Ramozon oyiga tayyorgarlik, masjidlarda hujjatlarni tartibli yuritish, masjidlarning yillik ishrejasida belgilangan vazifalarni bajarilishini ta'minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Shundan so‘ng yig‘ilish qatnashchilari uchun Urgut tumanining markazida bino etilayotgan “Cho‘bin” jome masjidining yangi binosiga sayohat uyushtirildi. Masjidda hozirgi vaqtda pardozdash va jihozlash ishlari olib borilmoqda. Ramazon oyi kunlarida namozxonlar ixtiyoriga topshirilishi kutilmoqda. Mehmonlar ushbu baytning bino eitilishiga hissa qo‘shgan, bosh-qosh bo‘lganlar hamda qo‘li gul ustolarning haqlariga duoi xayrlar qildidilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 25/02/2020 18:06;   Ko‘rilganligi: 1014
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/urgut-tumanida-imom-xatiblarning-sayyor-yigilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 09/05/2024 22:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing