Nishonga urilgan gaplar: Qalbaki maqtash haqoratlashdir, poydevorsiz qurilgan bino qulaydi.
Haqiqatni doimo takrorlab turish zarur, chunki bizga adashishni ham doimo eslatib turishadi.
Gyote
***
Odamlar senga ikki holatdagina bo‘ysinadi: birinchisi yoqtirib qolsa, ikkinchisi ishonsa. Ammo, yoqtirmasa ishonmaydi.
Balbzak
***
O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe'lingga, fe'ling taqdiringga tasir etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha.
Jaloliddin Rumiy
***
Husni xulq (chiroyli xulq) dan ko‘ra yaxshilik qo‘shadiganroq, hasaddan ko‘ra yomonlik ustiga yomonlik qo‘shadiganroq narsani ko‘rmadim.
Shayx Najmiddin Kubro
***
To‘g‘ri va haq yo‘ldan yurgan kishining yurishi arslon yurishidan ko‘ra ham mahobatliroq (haybatliroq)dir.
Mahmud az Zamaxshariy
***
Sabr deb, inson boshiga tushgan alam va chidab bo‘lmaydigan og‘riqni to yengunga qadar ushlab turishga aytiladi.
Abu Ali ibn Sino
***
Qalbaki maqtash haqoratlashdir, poydevorsiz qurilgan bino qulaydi.
Abu Bakr Xorazmiy
Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi
Kiritilgan vaqti: 24/11/2020 15:24; Ko‘rilganligi: 692
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 01:30