O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Narpay tumani “Chaqar” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi oqsoqollarning Kun.uz taxririyatiga yo‘llagan murojaatiga MUNOSABAT

 
 

Narpay tumani “Chaqar” qishlog‘ida yashovchi bir guruh oqsoqollar Kun.uz tahririyatiga mahalladagi ro‘yxatdan o‘tmagan masjidni ochilishi yuzasidan murojaat qilgan.

Haqiqatdan ham, mazkur bino bugungi kunda masjid sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan.

Murojaat yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, O‘zbekiston musulmonlar idorasi viloyat vakilligi tomonidan ushbu fuqarolarga masjidni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan bir necha marotaba tushuntirish ishlari olib borilgan.

Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 409-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning joylardagi hududiy organlari vakolat doirasiga kirishi, tegishli hujjatlar taqdim etilgan holda mazkur masala adliya organlari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkinligi bildirilgan.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, hozirda Narpay tumanida 18 jome masjidi mavjud bo‘lib, murojaatda ko‘rsatilgan “Chaqar” qishlog‘idagi ro‘yxatdan o‘tmagan masjid yaqinida, ya'ni 3-5 km masofada “Salovot ota”, “Yangi salovot” “Oqmasjid” va “Eshonbobo” masjidlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yana bir bor, xurmatli narpaylik oqsoqollarimizga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 409-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni adliya organlariga taqdim etish tavsiya etiladi.

Mazkur bino masjid sifatida davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng, O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi masjid faoliyatiga yaqindan ko‘maklashadi.

 

O‘zbekiston musulmonlar idorasi

Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/10/2019 22:42;   Ko‘rilganligi: 959
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/narpay-tumani-chaqar-qishlogida-istiqomat-qiluvchi-oqsoqollarning-kunuz-taxririyatiga-yollagan-murojaatiga-munosabat
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 09:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing