O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muftiy hazratlari Urganchdagi madrasaning yangi binosi loyihasi bilan tanishdilar

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Xorazm viloyatiga safarlari davomida Urganch shahridagi “Imom Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom bilim yurti faoliyati bilan tanishib, ustoz va talabalar bilan muloqot qildilar.
Muftiy hazratlari boshchiliklaridagi avval ushbu madrasa uchun ajratilgan yangi binoning ta'mirlash loyihasi bilan yaqindan tanishdilar va o‘zlarining muhim tavsiyalarini berdilar.
Tashrif doirasida barcha mudarris va talabalar bilan muftiy hazratlari suhbat o‘tkazib, Haq taoloning bergan ne'matlariga shukr qilish, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, diniy va dunyoviy ilmlarni mustahkam egallash, kelgusida xalqimiz va dinimiz rivojiga munosib hissa qo‘shish zarurligini ta'kidladilar.
Ayniqsa bugungi kunda din nomidan jinoyat qilayotgan toifalarga qarshi kurashish uchun zarur ilmlarni puxta o‘rganish va ularning noto‘g‘ri da'volarida raddiya berish qobiliyatiga ega bo‘lish eng dolzarb vazifalardan ekanini alohida qayd etdilar.
Uchrashuvda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ustoz va talabalarga Qur'oni karim kitoblari tuhfa etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 05/12/2019 16:37;   Ko‘rilganligi: 1462
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/muftiy-hazratlari-urganchdagi-madrasaning-yangi-binosi-loyihasi-bilan-tanishdilar
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 09:06
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing