O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Mas’uliyatimizni oshiraylik

 
 

Samarqand viloyatida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, fuqarolar, shu jumladan yoshlarni turli ekstremistek oqimlar ta’siridan har tomonlama himoya qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda imom xatiblar, mahalla fuqarolar yig‘inlari va mutasaddilarning mas’uliyatini oshirish hamda ularning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

11 avgust kuni Ishtixon va Qo‘shrabot tumanlarida mazkur tadbirlarning navbatdagi qismi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ishtirok etdi va yig‘ilganlarga mavzuga oid ma’ruza qildi, qator taklif va mulohazalar bildirdi.

Shu kungacha Samarqand shahri va Bulung‘ur, Jomboy va Pastdarg‘om tumanlarida ham shu xildagi tadbirlar o‘tkazilgan.

Tadbirning o‘ziga xos jihati shundagi, unda mahalla mullalari, otinoyilar ham jalb qilingan.

Yig‘ilishlar 17 avgustgacha davom etadi va viloyatning barcha tumanlarini qamrab oladi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 11/08/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1331
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/masuliyatimizni-oshiraylik
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 03:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing