O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

LAHUTIY JOME MASJIDI

 
 

Masjid Lahutiy mahallasi 113-a uyda joylashganligi uchun mahalla nomi bilan yuritilib, "Lahutiy" masjidi deb nomlangan.

Birinchi bo‘lib o‘rtadagi bino 1955-yillar klub deb qurilib, faoliyat ko‘rsatib kelgan. 1988-1989-yillar mazkur binoning chap tomonidan yana shu maqsadda qo‘shimcha imorat hashar yo‘li bilan tashkil etilgan. 1992-yillar esa uning o‘ng tomonidan Lohutiy mahallasida yashovchi tadbirkor Arslon Nazarov tomonidan tikuvchilik sexi maqsadida yana qo‘shimcha bino qurilgan bo‘lib, imoratning usti yopilishi bilan noma’lum sabablarga ko‘ra shu holida qolib ketadi.

Masjidda birinchi bo‘lib 1989-yil 15-dekabrdan boshlab namoz o‘qish boshlangan.

Yuqorida qayd etib o‘tilgan binolarning barchasi 2007-yilda davlat kadastridan o‘tkazilgan bo‘lib, xozirda masjid sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayapdi.

2012 yilda masjidda milliy me’morchilik uslubida minora, darvoza, darchalar qurildi. Shuningdek 2013 yili masjid tahoratxonasi zamon talablari asosida keng va shinam holatda qurilib, ishga tushirildi.

Hozirda masjidga Umirqulov O‘tkir Otaqulovich imom xatiblik qilmoqda.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 16/05/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2268
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/lahutiy-jome-masjidi
Chop etilgan vaqti: 24/10/2019 08:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing