O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Kam ta'minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash davom etmoqda

 
 

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali kam ta'minlangan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish borasida  amalga oshirilayotgan islohotlar bugun o‘z samarasini berib, xalqimiz turmush darajasidagi ijobiy o‘zgarishlarda aks etmoqda.

Ijtimoiy himoyatalab oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi xayrli ishlarda doimo peshqadamlardan bo‘lgan “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali hamda filialga qarashli Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Ahror Valiy”, “Hazrati Dovud” hamda Samarqand shahar “Murod Avliyo” ziyoratgohlarining xodimlari homiylarni jalb qilgan holda 30 dan ziyod kam ta'minlangan muhtoj oilalarga 4 million so‘m miqdorga teng oziq ovqat mahsulotlarini ulashdilar. 

Alloh taolo ushbu xayrli ishga hissasini qo‘shgan homiylar va tashkilot xodimlariga O‘zi ajru hasanotlar ato qilsin.

O‘MI Samarqand viloyat vkilligi


Kiritilgan vaqti: 22/10/2019 17:42;   Ko‘rilganligi: 1092
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/kam-taminlangan-oilalarni-qollab-quvvatlash-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 08:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing