O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imom xatiblar g‘ayrat ko‘rsatishdi

 
 

12 noyabr kuni Urgut tumani birlik mahallasi qabristonida katta hashar tashkil etildi.

Hasharda tuman bosh imom xatibi Sh.Haqberdiyev boshchiligida tumandagi masjid imom xatiblari ishtirok etdilar.

Qabristonda qator obodonchilik va tozalash ishlari olib borildi.

Qur’oni karimda marhamat qilinadi: “(Yer) yuzidagi barcha mavjudot foniydir”.(Ar-roxmon,26-oyat). Lekin bu foniy dunyodan o‘tgan insondan uning o‘chmas xotirasi, ezgu ishlari qoladi.

Shariatimiz ko‘rsatmalariga ko‘ra o‘tganlarni qabrlarini ziyorat qilish, qabristonlarni ozoda saqlash sunnat amallardandir. Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qilganlar: “Sizlarga qabrlar ziyoratini taqiqlagan edim. Mana endi qabrlarni ziyorat etavering, zero, u sizlarga oxiratni eslatadi” deganlar.

Alloh taolo o‘tganlarimizning ruhlarini shod, qabrlarini purnur aylasin.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 12/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 754
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/imom-xatiblar-gayrat-korsatishdi
Chop etilgan vaqti: 27/09/2020 21:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing