O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Hojilarimizga sifatli xizmat ko‘rsatish masalasi muhokama qilindi

 
 

21 yanvar kuni Saudiya Arabistoni safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Samarqandiy hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Mino, Arofot, Muzdalifa vodiysiga ziyoratga borgan hojilarga xizmat ko‘rsatuvchi “Tavofa” muassasasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda 2020 yilgi haj mavsumiga tayyorgarlik masalalari, xususan, o‘zbekistonlik hojilarga joy ajratish, ularga qo‘shimcha yengilliklar qilish, o‘tgan yillarda kuzatilgan kamchiliklarni tuzatish va xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov va muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Samarqandiy hazratlari Saudiya Arabistoni podshohligi hukumatiga, “Tavofa” muassasasi rahbariga minnatdorlik bildirib, yurtimiz hojilari nomidan iliq fikrlar aytildi.
O‘z navbatida “Tavofa” muassasasi rahbari Toriq Anqoviy ham o‘zbekistonlik hojilarning intizom va tartibga rioya qilishda boshqa davlat hojilariga namuna bo‘lib, qonun-qoidalarga yuqori darajada amal qilishlarini e'tirof etdi va o‘zaro hamkorlikdan mamnun ekanlarini izhor qildi.
Samimiy muloqot so‘ngida ishtirokchilar kelgusida hamkorlik ishlarini yaxshi surat va sifatda davom ettirishga kelishib oldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/01/2020 17:04;   Ko‘rilganligi: 930
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/hojilarimizga-sifatli-xizmat-korsatish-masalasi-muhokama-qilindi
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 09:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing