O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Haj va umra vazirligida muloqot o‘tkazildi

 
 

Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vaziri doktor Solih Bentin taklifiga asosan “Haj–2020” mavsumining tashkiliy ishlarini kelishib olish maqsadida, “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi raisi Abdug‘ofur Ahmedov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Samarqandiy hazratlari boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 20 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Samarqandiy hazratlari va delegatsiya a'zolari Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vaziri o‘rinbosari bilan Abdulfattoh bin Sulaymon uchrashuv o‘tkazdilar.

Manba: Muslim.uz


Kiritilgan vaqti: 20/01/2020 17:04;   Ko‘rilganligi: 952
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/haj-va-umra-vazirligida-muloqot-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 06:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing