O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

E'tibor mas'uliyat yuklaydi

 
 

Yil o‘z yakuniga yaqinlashib borar ekan, o‘tayotgan yilni sarhisob, faoliyatlarni tanqidiy va ijobiy nuqtai nazardan tahlil qilish, erishilgan muvaffaqiyat va kamchiliklarni o‘rganish, bu borada maqsadli rejalar tuzib, kelgusi yil uchun musathkam poydevor tayyorlash ishlari ham boshlanadi. Oqdaryo, Ishtixon tumanlarida faoliyat yuritayotgan otinoyilarning ham yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib utdi. Unda otinoyilar tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan muvaffaqiyatlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Mustaqillik yillarida, ayniqsa so‘nggi yillarda diniy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusida otinoyilar oldida turgan mas'uliyatli vazifalar belgilab berildi. Ushbu tumanlarning bosh otinoyilari tuman bosh imom-xatibligi bilan hamkorlikda yil davomida faol ishlagan otinoyilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirdi.

   Bunday e'tibordan otinoyilarimizning ko‘ngillari tog‘dek o‘sdi va bu ularning zimmalaridagi mas'uliyatlarini yanada oshirishini e'tirof etishdi.

Nozbuvi TEMIROVA - Viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi


Kiritilgan vaqti: 23/12/2019 14:33;   Ko‘rilganligi: 862
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/etibor-masuliyat-yuklaydi
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 11:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing