O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

ENG MA’RIFATLI IMOM KO‘RIK TANLOVINING BIRINCHI BOSQICHI YAKUNLANISH ARAFASIDA

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 10 sentyabrdagi 01A/092 sonli buyrug‘iga asosan Samarqand viloyatida “ENG MA’RIFATLI IMOM” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilning 17 sentyabr kunidan boshlab o‘tayotgan ko‘rik tanlovning birinchi bosqichi yakunlanish arafasiga yaqin turibdi.

Hozirga qadar sovrinli o‘rinlarni (1-2-3 o‘rin) qo‘lga kiritganlar ro‘yxati bilan tanishing:

Samarqand shahridan birinchi o‘rinni “Lahutiy” jome masjidi imom xatibi Umirqulov O‘tkir, ikkinchi o‘rinni “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidi imom xatibi Maxmudov Zafar, uchinchi o‘rinni “Xo‘ja Nisbatdor” jome masjidi imom xatibi Boboxonov Boboxon.

Samarqand tumanidan birinchi o‘rinni “Imom A’zam” jome masjidi imom xatibi Mirzoaxmedov Xusen, ikkinchi o‘rinni “Yangimasjid” jome masjidi imom xatibi Muxiddinov Xali, uchinchi o‘rinni “Imom A’zam” jome masjidi imom noibi Ro‘ziyev Ibroxim.

Tayloq tumanidan birinchi o‘rinni “Gadoy Qushchi” jome masjidi imom xatibi Ibodullayev Ibrohim, ikkinchi o‘rinni “Bog‘izag‘on” jome masjidi imom xatibi Jalolov Nurali, uchinchi o‘rinni “Xo‘ja Sakko” jome masjidi imom xatibi Norbo‘tayev Jonibek.

Narpay tumanidan birinchi o‘rinni “Dedan” jome masjidi imom xatibi Ro‘ziyev Feruz, ikkinchi o‘rinni “Eshonbobo” jome masjidi imom xatibi Egamberdiyev Ahmad, uchinchi o‘rinni “Salovat ota” jome masjidi imom xatibi Musayev Nurbek.

Paxtachi tumanidan birinchi o‘rinni “Xo‘ja Ziyovuddin” jome masjidi imom xatibi Amrullayev Isroil, ikkinchi o‘rinni “Xatib bobo” jome masjidi imom xatibi Boqiyev Elbek, uchinchi o‘rinni “Bolg‘ali” jome masjidi imom xatibi Berdiyev Muzaffar.

Bulung‘ur tumanidan birinchi o‘rinni “Amir Hamza” jome masjidi imom noibi Ravshanov Olouddin, ikkinchi o‘rinni “G‘ishtli ota” jome masjidi imom xatibi Kuliyev Xolmamat, uchinchi o‘rinni “Poygatepa” jome masjidi imom xatibi Tashmurodov Ashraf.

Jomboy tumanidan birinchi o‘rinni “Ushuntepa” jome masjidi imom xatibi Xidirov Islom, ikkinchi o‘rinni “Ibrohim ota” jome masjidi imom xatibi Axmedov Anvar, uchinchi o‘rinni “Shayx Xudoydodi Vali” jome masjidi imom xatibi Nazarov Furqat.

Ishtixon tumanidan birinchi o‘rinni “Oqqo‘rg‘on” jome masjidi imom xatibi Qo‘ldoshov Bobomurod, ikkinchi o‘rinni “Boylata” jome masjidi imom xatibi To‘xtayev Eshmamat, uchinchi o‘rinni “Zarband” jome masjidi imom xatibi Rabbimov Mansur.

Qo‘shrabot tumanidan birinchi o‘rinni “Domla Omonulla” jome masjidi imom xatibi Abiyev G‘ani, ikkinchi o‘rinni “G‘oyib ota” jome masjidi imom xatibi To‘xtashov Sobir, uchinchi o‘rinni “Jo‘sh ota” jome masjidi imom xatibi Norov Furqat.

Oqdaryo tumanidan birinchi o‘rinni “Qum” jome masjidi imom xatibi Ergashev Rustam, ikkinchi o‘rinni “Pichoqchi” jome masjidi imom xatibi Isroilov Zafar, uchinchi o‘rinni “Yangiqo‘rg‘on” jome masjidi imom xatibi G‘oyibov Otabek.

Payariq tumanidan birinchi o‘rinni “Mulla To‘raxon” jome masjidi imom xatibi Rustamov Maqsudjon, ikkinchi o‘rinni “Olimshayx” jome masjidi imom xatibi Alimov Anvar, uchinchi o‘rinni “Said Nuriddinxo‘ja” jome masjidi imom xatibi Bo‘ranov Maqsudjon.

Pastdarg‘om tumanidan birinchi o‘rinni “Salim ota” jome masjidi imom xatibi Hojiqurbonov Lutfullo, ikkinchi o‘rinni “Mirsaid Baraka” jome masjidi imom xatibi Yo‘ldoshov Asadullo, uchinchi o‘rinni “Eski Juma” jome masjidi imom xatibi Abdiyev Sirojiddin.

Nurobod tumanidan birinchi o‘rinni “Baxouddin Naqshband” jome masjidi imom xatibi Ravshanov Rafael, ikkinchi o‘rinni “Hazrati Ali” jome masjidi imom xatibi Jo‘rayev Muhiddin, uchinchi o‘rinni “Ulus ota” jome masjidi imom xatibi To‘lanov Uchqun.

20 sentyabr kuni Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on va Urgut tumanida bo‘lib o‘tadigan tanlov so‘ngidan hududiy bosqich yakunlanadi.


Kiritilgan vaqti: 19/09/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 881
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/eng-marifatli-imom-korik-tanlovining-birinchi-bosqichi-yakunlanish-arafasida
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 12:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing