O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Aviahalokatga uchragan oilalarning yaqinlariga ta'ziya izhor etildi

 
 

Kanadaning Ontario provinsiyasida yengil samolyotning halokatga uchrashi oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan edi. Asli O‘zbekistonlik, AQSHning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Otabek Obloqulov Ontarioning Kingston shahri atrofida Piper PA-32 samolyotini boshqarib ketayotganida halokatga uchragan. Samolyot Ontarioning Markxem shahridan Kvebek provinsiyasining Kvebek shahri tomon harakatlanayotgan bo‘lgan. Samolyotda Obloqulovning turmush o‘rtog‘i va 3, 11 va 15 yoshli farzandlari bo‘lgan. Bundan tashqari bortda Kanadaning Toronto shahrida doimiy istiqomat qiluvchi, asli O‘zbekistondan bo‘lgan Bobomurod Nabiyev va uning turmush o‘rtog‘i ham bo‘lgan.

Ushbu oilalarning ota-onasi va yaqinlari Samarqand shahar va Tayloq tumanlarida yashaydi. Bugungi kunda ushbu xonadonlarga ta'ziya bildirish uchun oilaning yaqinlari, qarindoshlar va do‘stlari tashrif buyurmoqda. Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va viloyatmizdagi tabarruk imomlar ushbu xonadonlarda bo‘lib, musibat ahliga tasalli berdilar va ta'ziya izhor qildilar. Marhumlarning haqlariga Qur'on tilovati va duo qilindi. Alloh taolo insonlarni har turli musibatlar bilan sinashi, bu sinov va musibatlarga sabrli bo‘lishlari aytib o‘tildi.

Qurbon bo‘lganlarni Alloh taolo rahmatiga olsin, yaqinlariga sabr bersin.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 04/12/2019 18:52;   Ko‘rilganligi: 57
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/aviahalokatga-uchragan-oilaning-yaqinlariga-taziya-izhor-etildi
Chop etilgan vaqti: 25/01/2020 01:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing