O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Keksalarning hayotiy tajribasidan unumli foydalanaylik

 
 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Agar orangizda munkillagan qariyalar, o‘tlab yurgan jonzotlar va emizikli chaqaloqlar bo‘lmaganida edi, boshingizga balolar yomg‘irdek yog‘ilgan bo‘lardi”. Bu hadisdan  Alloh taolo keksalarning duosi va go‘daklarning begunohligi tufayli xalqlarni o‘z panohida asrashi, turli balo-ofatlardan omon saqlashi ayon bo‘ladi. Ayrim kishilar keksalar, qari ota-onalarini “hech narsaga yaramaydi, boru yo‘g‘ining ahamiyati yo‘q” degandek nazar bilan qaraydilar. Vaholanki, ularning orasimizda bo‘lishining o‘zi katta “davlat” ekan, tinch-xotirjamlikda yashashimiz uchun ular bir sababchi ekan.

Keyingi yillarda mamlakatmizda yoshi ulug‘larga e'tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirish, turmush sharoitlarini yaxshilash, faol va mazmunli hayot kechirishlarini ta'minlash bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ularning boy kasbiy va hayotiy tajribalaridan mahallalarda tinchlik, mehr-oqibat va xotirjamlik muhitini ta'minlashda keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda.

Samarqand viloyati imom xatiblari mahallalarda bo‘lib, keksa, nuroniylar bilan ularning oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, to‘y hashamlar va marosimlardagi dabdababozliklarning oldini olishda o‘z hissalarini qo‘shish bo‘yicha     davra suhbatlari o‘tkazmoqdalar.

Alloh taolo ulug‘ yoshdagi ota-onalarimizni o‘zining hifzu himoyasida saqlab xalq tinchligi va farovonligini tilab qilayotgan duolarini mustajob aylasin.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 15/10/2019 12:12;   Ko‘rilganligi: 337
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/events/keksalarning-hayotiy-tajribasidan-unumli-foydalanaylik
Chop etilgan vaqti: 11/07/2020 19:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing