O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Tashriflar davom etmoqda

 
 

Avval xabar qilganimizdek, Ramazon oyining ilk kunidan boshlab Samarqand viloyati vakilligi rahbariyati tomonidan shahar va tumanlardagi masjidlarga tashriflar amalga oshirib kelinmoqda.

6-7 iyun kunlari Samarqand shahridagi “Namozgoh” hamda “Ruhobod” masjidiga tashrif buyurgan viloyat bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov, viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Yoqubjon Mansurov doimgidek masjidlar holati, ibodat uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Peshin namozini jamoat bilan birga ado etib, yig‘ilganlarga Ramazon fazilati, tanchligimizni qadrlash, ota-onaga yaxshilik qilish, Alloh taoloning buyuk ismu-sifatlari ma’nosi to‘g‘risida qisqa ma’ruza qildilar.

Tashrif asnosida masjid imom xatiblariga masjid hovlisi va tahoratxonasini toza - ozoda tutish, taroveh namozini ado etishda namozxonlarga qulayliklar yaratib berish, ogohlik va hushyorlikni oshirish to‘g‘risida birqancha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida maslahat va topshiriqlar berildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 07/06/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2403
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/tashriflar-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 04/10/2024 16:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing