O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027 yil Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb e'lon qilinadi
26 fevral kuni Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohida Tashkilot Bosh Assambleyasi tomonidan "2027 yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili" rezolyutsiyasi bir ovozdan ma'qullandi.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan ushbu rezolyutsiyaga 80 dan ortiq a'zo mamlakat hammualliflik qildi.
FUQAROLAR MUROJAATI DOIMO E'TIBORDA 28.02.2024 y
Bugun, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov "Ochiq eshiklar" kuni munosabati bilan vakillikka turli savollar bilan murojaat qilib kelgan fuqarolarni qabul qilib, ularning savollariga atroflicha javoblar berib o‘tdi.
Imom noiblar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun, 27 fevral kuni vakillik binosida diniy soha rahbarlari va imom noiblar o‘rtasida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov boshchiligidagi Diniy idora mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Samarqand viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan imom noiblarning bilim va malakalarini oshirish, xalqimiz o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy sohadagi hissasini yuqori saviyaga yetkazish, soha vakillari faoliyati davomida duch kelayotgan muammo va kamchiliklarni birgalikda bartaraf etish masalalari ko‘rildi.
Jazoirda ulkan masjid ochildi
Shu yil 26 fevral yakshanba kuni Jazoir prezidenti Abdelmadjid Tebbun Afrikadagi eng katta 27 gektarlik “Buyuk Jazoir” masjidini rasman ochdi.
G‘aflatda qolmang! Baroat kechasi: rizqlar taqsimlanadi, qismatlar belgilanadi, gunohlar mag‘firat etiladi
Eslatma! Bu yilgi baroat kechasi 24 fevral shanba kunidan 25 fevral yakshanbaga o‘tar kechasiga to‘g‘ri kelmoqda, inshaALLOH.
Baroat so‘zi qanday ma'noni anglatadi?
“Baroat” so‘zi arab tilida “ozod bo‘lish”, “najot topish” degan ma'nolarni anglatadi. Bu kechaning bunday nomlanishiga sabab, unda Alloh taoloning rahmati va fazli ila behisob insonlar do‘zaxdan najot topadilar.
Facebook va Twitter tarmoqlaridagi do‘stlar
Bir bilimdon kishidan so‘rashibdi: “Facebookda eng yaxshi do‘st kim?”.
Biroz jim turib, so‘ng javob beribdi: “U bilan kam gaplashsangiz koyimaydigan, “biror sababi bordir”, deya yaxshi gumon qiladigan, sizni rasm bilan belgilamaydigan, guruhlarga qo‘shib qo‘ymaydigan, siz bilan biror fikrda bahslashganda darrov arazlashga, jahl qilishga o‘tmaydigan, sizni “blokirovka” qilib qo‘ymaydigan, aksincha ko‘p bahslashishi sizga bo‘lgan yaqinligini, mehrini, hurmatini ko‘taradigan do‘st Facebookdagi eng yaxshi do‘stdir”
"Sahobiya ayollar hayoti qomusi" nomli kitob Samarqand imom-xatiblariga hadya tariqasida tarqatildi
Xabaringiz bor yaqindagina viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovning tarjimalari asosida "Sahobiya ayollar hayoti qomusi" nomli kitob nashrdan chiqarilgan edi.
Madinada birinchi o‘zbek restorani ochildi
Saudiya Arabistonining Madina shahrida «Al-Urz va al-Kabab» nomli birinchi o‘zbek tamaddixonasi ochildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Restoran Saudiya Arabistoni aholisi va dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlar uchun o‘zbek milliy taomlari, xalqimiz an'analari va madaniyati bilan yaqindan tanishish nuqtasiga aylanadi.
FUQAROLAR MUROJAATI DOIMO E'TIBORDA - 21.02.2024
Bugun, "Ochiq eshiklar" kuni munosabati bilan Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan masjid imom-xatiblari tomonidan turli savollar bilan murojaat qilib kelgan fuqarolar qabul qilinib, ularning murojaatlari tinglandi.
JAHON UZRA E'TIROF ETILYOYOTGAN DINIY-MA'RIFIY ISLOHOTLAR
Xalqaro anjuman
So‘nggi yillarda mamlakatimiz ichki hayotida kuzatilayotgan ochiqlik va yangilanishlar, ta'lim va ma'rifatga e'tibor, shubhasiz, yurtimizning tashqi siyosatiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Xorijiy tahlilchilarning fikricha, bugun O‘zbekiston o‘zining misli ko‘rilmagan ochiqligi va jadal taraqqiyoti bilan dunyoda ajralib turgan mamlakat sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Xorijdagi ishonchli diniy ta'lim muassasalari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishiga ko‘maklashish bo‘yicha
Maslahat kengashi tavsiya etadigan xorijiy diniy ta’lim muassasalari ro‘yxati
FUQAROLAR MUROJAATI DOIMO E'TIBORDA
Bugun, "Ochiq eshiklar" kuni munosabati bilan Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan masjid imom-xatiblari tomonidan turli savollar bilan murojaat qilib kelgan fuqarolar qabul qilinib, ularning murojaatlari tinglandi.
KATTAQO‘RG‘ON TUMANIDA SAYYOR YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI
Bugun, ertalabdan Kattaqo‘rg‘on tumanida sayyor yig‘ilish boshlangani haqida xabar qilgan edik.
Ulamolarimiz dunyoda o‘z mavqelarini namoyon qilmoqdalar
Ulamolarimiz dunyoda o‘z mavqelarini namoyon qilmoqdalar Ma'lumki, xalqimiz ko‘p asrlardan buyon islom ta'limoti rivojiga beqiyos hissa qo‘shib keladi. Bu haqiqatni butun musulmon dunyosi va jahon jamoatchiligi yaxshi biladi va tan oladi. Ko‘plab allomalar yetishib chiqqan zamindan shukrlar bo‘lsinkim, din olimlari davomiy bo‘lib kelmoqda. Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida Musulmon donishmandlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yurtimiz xalqi uchun ushbu yig‘ilishda yana bir tarixiy voqea sodir bo‘ldi. U ham bo‘lsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengashga qabul qilinganlari e'lon qilinganidir
2024 yilning navbatddagi sayyor yig‘ilishi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi
Bugun, 2024 yil 23 yanvar kuni navbatdagi sayyor yig‘ilishi Samarqand shahrida tashkil qilindi. Shahardagi mavjud 23 ta masjid imom-xatib, imom-noib hamda masjid xodimlari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar va ularga hamroh sifatida Haj-2023 tadbirlarida muborak ziyoratga borib kelgan bir qancha hojilar shahardagi 23 ta masjid hamda ularning hududlaridagi mahallalarga tarqalib, joylarda aholining IHM, janjalli, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor va shu kabi toifadagi oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar.




















