O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

HASHAR-ELGA YARASHAR

 
 

Hashar azal-azaldan xalqimiz orasida keng tarqalgan milliy qadriyatlarimizdan bo‘lib, ko‘pchilik bilan amalga oshiriladigan tadbirlarimizdandir. 25 mart kuni Ishtixon tuman “Muhojirlar” jome masjidida katta hashar uyushtirildi. Hasharda masjid qavmidan iborat barcha katta kichik ishtirok etishdi. Atroflar tozalanib daraxtlarga shakl berildi. Hasharchilar yordamida 100 dona har xil mevali va 100 dona manzarali ko‘chat daraxtlari ekildi. Hasharchilardan 75 yoshlarni qoralagan Ermuhammad bobo o‘z qo‘llari bilan ko‘chat ekar ekan: “Bugungi hashar mening hayotimda unitilmas kunga aylandi. Chunki muborak masjidimiz havlisiga ko‘chat o‘tqazdim. Ko‘chatim daraxtga aylanib meva solganda balkim men bo‘lmasman. Ammo shu yerga ibodatga kelgan kishilar mevasidan yeb xaqqimga duolar qiladi” deb, yanada g‘ayrat bilan ishga kirishib ketdi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) “Qay bir musulmon biror ko‘chat yoki ekin eksa undan qush, odam yoki biron jonivor yesa ekkan kishiga sadaqa savobi yoziladi” deb marhamat qilganlar. Masjid qavmi har yili Navro‘z arafasida ana shunday savobli katta hashar qilishlikni kelishib olishdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 25/03/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3047
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/hashar-elga-yarashar
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 00:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing