O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Buyuk allomalar

Sihohi sitta. 5-qism. Imom Nasoiy

 
 

U zot Ahmad ibn Shuayb ibn Aliy ibn Sinan ibn Bahr ibn Diynor Nasoiy Abu Abdurrohmandir.

U kishi Xurosondagi Naso shahridan. Nasoga nisbat berilib «Nasoiy» deyiladi. Hijriy 215 yil tug‘ildilar. O‘z davrida hadis ilmining tayanchi, zamonasi ahlining umdasi, peshvosi, imomi va dinning buyuk kishilaridan edi.

U zotning hadis kitobi «Olti sahih»ning biridir. Hadis ulamolari ichida asl hadislar bilimdonlarining imomi va peshqadami edi. U kishi o‘n besh yoshga yetganda Qutayba ibn Sa'id al‑Balxiyning huzuriga borib, bir yilu ikki oy davomida hadis eshitadi. Ilm talab qilib, Xuroson, Hijoz, Misr, Iroq, Arabiston yarim oroli, Shom kabi yurtlarni kezib chiqdi. So‘ngra Misrda «Al-Qanadiyl» nomli mashhur kitob bozori yaqinida yashadi.

Uning ta'lif etgan kitoblari quyidagilar: «Xasoisu fii fazli Aliy ibn Abu Tolib va oli bayt», «Kitobu az-zuafo val matrukiyn», «Manosiku an-Nasoiy», «Jam'u musnad Molik ibn Anas va musnad Aliy ibn Abu Tolib».

Ulamolar: «Sunani Nasoiy» daraja jihatidan «Sahihayn»dan keyin turadi, chunki u «Sunan» kitoblari orasida zaif hadislari eng kam kitobdir», deyishgan. Bu kitob bizgacha yetib kelgan bo‘lib, unda olti mingga yaqin hadis jamlangan. U birinchi marta hijriy 1256 sanada (milodiy 1840) Hindistonda chop etilgan.

Hokim aytadi: «Abul Hasan Dora Qutniyni bir necha bor mana bunday deganini eshitdim»: «Abu Abdurrohman o‘z zamonida roviylarni jarh va ta'dili hamda hadis ilmi bilan kim tilga olinsa  barchasidan muqaddamdir».

Ul zot vara' va taqvoning eng nihoyasida bo‘lib eng afzal ro‘za Dovud ro‘zasini kanda qilmasdi. Bir kun ro‘za tutar, bir kun ochardi.

Misrda turdilar va bu yerda kitoblari yoyildi. Kishilar u zotdan ilm olishdi. Keyin Dimashqqa ko‘chdilar. Hijriy 300 yil Safar oyining 13 dushanba kuni 85 yoshda vafot etdilar. U kishini Alloh rahmat qilsin.

O‘MI Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari, Xayrulloh Sattarov tayyorladi.


"Sihohi sitta" turkumidagi maqolalar

Sihohi sitta. 1-qism. Imom Buxoriy

Sihohi sitta. 2-qism. Imom Muslim

Sihohi sitta. 3-qism. Imom Abu Dovud

Sihohi sitta. 4-qism. Imom Termiziy

Sihohi sitta. 5-qism. Imom Nasoiy

Sihohi sitta. 6-qism. Imom Ibn Moja


Kiritilgan vaqti: 28/07/2019 09:17;   Ko‘rilganligi: 2687
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/reference/scholars/sihohi-sitta-5-qism
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 01:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing