O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Buyuk allomalar

Sihohi sitta. 4-qism. Imom Termiziy

 
 

U zot 25 yoshida Iroqning Basra shahriga, so‘ng Hijozga borib ta'limini davom ettiradi. U Abdulloh ibn Muoviya Jumahiy, Ali ibn Hujr Marvaziy, Suvayd ibn Nasr Marvaziy, Qutayba ibn Said Saqafiy va boshqalardan hadis rivoyat qiladi. 20 yil davomida o‘zga yurtlarda hadislarni o‘rganib, Termizga hijriy 250 (melodiy 864) yilda qaytib keladi. Imom Buxoriy bilan hijriy 250 yili Nishopurda uchrashib, hadis va unga taalluqli ilmlarni o‘rganib, u zot qo‘llarida kamol topadi. Imom Buxoriy unga qarata: «Sen mendan foyda olganingdan ko‘ra men sendan ko‘proq foyda oldim» degan edilar. Shogirdlaridan biri Abu Ahmad Hokim o‘z ustozi haqida: “Muhammad ibn Ismoil Buxoriy vafot etganlaridan keyin Xurosonda ilm, hifz, zuhd va taqvo bobida Abu Iyso Termiziydek biror kishi topilmas edi” degan.

Olti mashhur muhaddislarning to‘rtinchisi Imom Termiziydir.

U zot Muhammad ibn Iyso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok Sulamiy Termiziy Abu Iysodirlar.

Movarounnahr shaharlaridan biri Termiz ahlidandir. Hadis imomlari va hofizlaridan biri. 209 yil Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida tug‘ildi. Buxoriyga shogird bo‘lib, ba'zi shayxlarida sherik ham bo‘ldi. Hadis talabida Xuroson, Iroq, Hijozga safar qildi. Uning shayxlari Ahmad ibn Hanbal va Abu Dovud Sijistoniydir. Olti mo‘tabar hadis kitoblaridan hisoblangan «Jome'»ni yozdilar. Bu kitobda fakihga foyda beradigan hadis illatlaridan ko‘p turlarini jamladi. Chunki u hadisni zikr qilib, (aksariyati fiqh xukmlariga oid) so‘ng barcha sanadlarini ko‘rsatadi va hadisni rivoyat qilgan sahobalarni sanab o‘tadi. O‘z nazdida sahih bo‘lganini sahih, zaifini zaif deb aytadi. Fuqaholardan shu hadisni kim olganu kim olmaganini ham bayon kiladi. U kishining «Jome'»i «Sunan»larning eng jome'i, faqih va muhaddisga eng manfaatlisidir. Ishonchli kishilardan sahih rivoyatlarni  jamlash maqsadida ko‘p yurtlarni kezganlaridan keyin hayotlarining oxiridan bir qismini a'mo (ko‘zi ojiz) bo‘lib o‘tkazdilar. Hijriy 279 yil 70 yoshda vafot etdilar. U kishini Allox rahmat qilsin.

O‘MI Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari, Xayrulloh Sattarov tayyorladi.


"Sihohi sitta" turkumidagi maqolalar

Sihohi sitta. 1-qism. Imom Buxoriy

Sihohi sitta. 2-qism. Imom Muslim

Sihohi sitta. 3-qism. Imom Abu Dovud

Sihohi sitta. 4-qism. Imom Termiziy

Sihohi sitta. 5-qism. Imom Nasoiy

Sihohi sitta. 6-qism. Imom Ibn Moja


Kiritilgan vaqti: 28/07/2019 08:58;   Ko‘rilganligi: 241
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/reference/scholars/sihohi-sitta-4-qism
Chop etilgan vaqti: 31/03/2020 07:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing