O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Yoshlarni turli tahdidlardan asraylik

 
 

Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta'siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi.

Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish mazkur sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash va hal etishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

Shu boisdan ham barcha davlat va jamoat tashkilotlari qatori imom-xatib, otinoyilar ham yoshlar tarbiyasi borasid ao‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.

Jumladan, mana shunday diniy-ma'rifiy mazmundagi uchrashuvlarning navbatdagisi Samarqand shahridagi 17-umumta'lim maktabi o‘quvchi va ustozlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan Samarqand shahar bosh imom-xatibi N.Islamov ilm va odob, ustozlarga ehtirom hamda bugungi kundagi turli xil yot oqimlarning ta'siridan saqlanish borasida o‘quvchi yoshlarga tushunchalar berdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/02/2020 11:50;   Ko‘rilganligi: 91
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/yoshlarni-turli-tahdidlardan-asraylik
Chop etilgan vaqti: 04/06/2020 06:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing