O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Yoshlarni nikohlab qo‘yish bilan mas'uliyat nihoyasiga yetmaydi

 
 

Jomboy tuman "Ibrohim ota" jome masjidi imom xatibi Anvar Ahmedov tuman "Oila" ilmiy amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda Jomboy maishiy xizmat  ko‘rsatish kasb-hunar kolleji binosida “Yoshlarni oilaga tayyorlash” o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etdi.

Ota-onalar, jamiyatdagi yetakchi doiralarning yosh avlodni oilali qilish borasidagi burchlari ularni nikohlab qo‘yish bilan cheklanmaydi. Balki, kelinlik va kuyovlikka nomzod yoshlarga nikoh, oila, oila a'zolarining o‘zaro munosabatlari, oila tutish sirlari, er-xotinlik munosabatlari kabi narsalarni o‘rgatishi ham zarur. Mutasaddi tashkilotlar bilan bir qatorda imom-xatib va diniy soha vakillari ham yoshlarni oilaga tayyorlashda hissalarini qo‘shishi lozim. Jomboy tumanida bo‘lib o‘tgan tadbirda qatnashgan  148 nafar (74 ta juftlik) oila quruvchi yoshlarga “Oila muqaddas dargoh” mavzusi ostida oila qurib yashashning ahamiyati, oila va nikohning mas'uliyat va javobargarligi, oila a'zolarining burch va vazifalari kabi mavzularda tushunchalar berildi.

Darhaqiqat, barpo bo‘layotgan oilalarning mustahkam bo‘lishi uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib, bu ahamiyatli ish bo‘yicha har bir sohaning mutaxassislari o‘z imkonlarida bor hissasini qo‘shishlari yaxshi natijalarga olib boradi, inshaalloh.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 28/12/2019 15:19;   Ko‘rilganligi: 1215
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/yoshlarni-nikohlab-qoyish-bilan-masuliyat-nihoyasiga-etmaydi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 11:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing