O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Yosh oila quruvchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

 
 

Oiladagi sog‘lom muhitni barqarorlashtirish, milliy mafkura va dinimizga xos bo‘lgan ilk tushunchalar oilada bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshirilishini har bir yosh oila boshlig‘i va yoshlarga yetkazishni amalga oshirish va ularni oilaviy hayotga tayyorgarligini yaxshilash maqsadida, davlat va jamoat tashkilotlari viloyat va tuman imom xatibligi vakillari ishtirokida markazlarda maxsus o‘quv-tarbiyaviy kurs­lar sifatida tuzilgan "Yosh oila maktabi"da nikoh va oila masalalari bo‘yicha zarur saboq berilmoqda.

Oqdaryo tuman “Maxdumi A'zam” jome masjidi imom noibi Nasrulloh Islomov “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Samarqand viloyati boshqarmasida tashkil qilingan yosh oila quruvchilarni oilaga tayyorlash mashg‘ulotlarida o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonida yosh oila quruvchilarga er va xotinning o‘zaro munosabatlari, oilada erning va xotinning qanday majburiyatlari bor ekanligi, ikkalasining oilaviy huquqlari, bir-birlariga bo‘lgan  munosabatlarining qay tarzda bo‘lishi kerak ekanligi va bular haqida muqaddas islom dinimizda qanday ko‘rsatmalar berilgani haqida ma'lumotlar bermoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 28/11/2019 15:18;   Ko‘rilganligi: 1134
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/yosh-oila-quruvchilar-bilan-mashgulotlar-otkazilmoqda
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 22:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing