O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Yosh avlodni tarbiyalashda mahallaning o‘rni

 
 

Samarqand shahar “Baraka” mahallasida “Qo‘shbaqqoli” jome masjidi imom-xatibi Jobir Rustamov mahallada istiqomat qiluvchi aholi bilan diniy-ma'rifiy mavzuda davra suhbati o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, “ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlarini oldini olish, oilada sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, mahalladagi tinch vaziyatni saqlash, oilaviy nizolar va ularni bartaraf etish, sog‘lom barkamol avlodni rivojlanishida oila, maktab, mahallaning o‘rni, yoshlarni ma'naviy sog‘lom muhitda voyaga yetkazish borasida so‘z yuritildi. Shuningdek, aholi tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarish orqali davra suhbati jonli, qiziqarli tarzda o‘tdi. Albatta, bu kabi tadbir va uchrashuvlar aholining diniy-ma'rifiy savodxonligini oshirish, o‘zligimiz, milliy va diniy qadriyatlarimizning xalq orasida o‘z o‘rnini topishida munosib hissa qo‘shadi degan umiddamiz.

         O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 21/10/2019 15:59;   Ko‘rilganligi: 31
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/yosh-avlodni-tarbiyalashda-mahallaning-orni
Chop etilgan vaqti: 21/11/2019 02:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing