O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Viloyat vakilligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 
 

Samarqand viloyat vakilligi binosida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Viloyatdagi Toyloq, Oqdaryo va Payariq tumanlarida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom noiblari ishtirokida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari D.Mamatqulov, viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va vakil o‘rinbosarlari qatnashdi.

Kun tartibida imom-xatiblarning buzg‘unchi oqimlarni Yurtimiz tinchligi va jamiyat barqarorligiga qaratilgan tajovuzlariga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lib, barchani ogohlikka chaqirish, “Jaholatga qarshi ma'rifat” g‘oyasi asosida diniy-ma'rifiy ishlarning samaradorligini yanada oshirish, Mamalakatimizning dinlararo totuvlik va bag‘rikenglik siyosatiga hamohang ravishda faoliyat yuritib, Yurt tinchligi va barqarorligini mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, ularni turli oqimlarning ta'siriga tushib qolishlarini oldini olishda amalga oshiriladigan ishlar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ularda sog‘lom aqidani shakllantirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 28/10/2019 13:44;   Ko‘rilganligi: 1134
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/viloyat-vakilligida-navbatdagi-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 17:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing