O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Viloyat bosh imom-xatibi joylarda bo‘lib imom-xatiblar bilan uchrashdi

 
 

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov bugun Kattaqo‘rg‘on shahar, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Narpay, Payariq, Pastdarg‘om, Nurobod tumanlarida bo‘lib, imom-xatiblar, aholi, ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar bilan uchrashdi.

Imom-xatiblar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv jarayonida, imom xatib va barcha diniy soha xodimlarining buzg‘unchi oqimlarning yurtimiz tinchligi va jamiyat barqarorligiga qaratilgan tajovuzlariga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lib, barchani ogohlikka chaqirish, Mamalakatimizning dinlararo totuvlik va bag‘rikenglik siyosatiga hamohang ravishda faoliyat yuritish, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borish, asl va ezgu diniy ma'rifat, moturudiya ta'limoti, hanafiy mazhabi hukmlarini ommaga chiroyli ravishda yetkazish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligini ta'minlash va xalq farovonligini oshirishga o‘z hissalarini qo‘shish, ommaviy axborot vositalarida dolzarb mavzularda chiqishlar qilish va hozirgi kundagi muhim masalalarga oid kitoblar tasnif etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ularda sog‘lom aqidani shakllantirish bo‘yicha tadbirlarda faol qatnashish, xorijga mehnat qilish uchun chiqib ketayotgan yoshlar bilan o‘z dini, ona Vatani va oilasiga sodiq bo‘lish haqida suhbatlar tashkil etilishi kabi masalalar ko‘rib chiqilib, zaruriy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bosh imom-xatib Z.Eshonqulov aholi vakillari bilan ham uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tinglab, ijobiy hal etish choralarini ko‘rib chiqdi.

Bu kabi uchrashuvlar viloyatmizning boshqa tumanlarida o‘tkaziladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 26/10/2019 17:14;   Ko‘rilganligi: 1126
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/viloyat-bosh-imom-xatibi-joylarda-bolib-imom-xatiblar-bilan-uchrashdi
Chop etilgan vaqti: 24/04/2024 08:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing